RASUL GAMZATOV Dog'iston shoiri Rasul Gamzatovich Gamzatov Dog'istonning Xunzax tumaniga qarashli Sada qishlog'ida xalq shoiri Gamzat Sadasa oildasida 1923-yilda tug'ilgan. Dastlabki ta'limni maktabda olgach, ma'lumotni Dog'istonda oladi. Bir necha muddat o'qituvchilik qiladi. 1945-1950-yillarda Moskavada Maskim Gorkiy nomidagi adabiyot institutida tahsil oladi. Oilaviy muhitda shoir bo'lib tarbiyalangan Rasul ilk ijodini 1937-yildan boshlagan. Qisqa fursat ichida u kitobxonlarga «Haroratli ishq va kuydiruvchi g'azab», «Mening Vatanim», «Bizning tog'lar», «Akam qissasi», «Dog'iston bahori», «Tug'ilgan yilim», «Qalbim tog'larda» singari o'nlab she'riy to'plamlarni, «Tog' qizi», «Otam bilan suhbat» dostonlarini taqdim etdi. Shoir «Tug'ilgan yilim» she'rlar to'plami uchun 1952-yilda Davlat mukofotiga, «Yuksak yulduzlar» to'plami uchun Sho'ro davlatining eng oliy mukofotiga sazovor bo'lgan. Iste'dodli tarjimon sifatida Rasul Gamzatov Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, Tixonov asarlarini avar tiligi tarjima qilgan. U katta jamoat arbobi va yosh adiblarni tarbiyalash yetishtiruvchi murabbiy sifatida ham Kavkaz xalqlari adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelmoqda. Shoirning «Yuksak yulduzlar» she'riy to'plamini M. Boboyev 1964-yilda tarjima qilib, o'zbek kitobxonlariga taqdim etgan. Rasul Gamzatov-hayotga, yashashga tashna shoir. U insonlarning ko'nglidagi kechmishlarini qog'ozga tushirarkan barcha odamzotga go'zal hayot, farovon turmush tilaydi. Bu dunyodan bir kun ketaman, Tashnaligim qonmay, g'ashlikdan. Toki bu yer aylanar ekan, Yashar inson shu tashnalikda. Rasul Gamzatov-o'zbek kitobxonlariga yaqin dilbar shoir. Uning ko'ngil ipidan tizilgan satrlarda Sharqona hayotning go'zal jozibasi ifodalangan. Ayniqsa, shoirning mushtipar onalar haqidagi she'rlari qo'lma-qo'l bo'lib ketgan, desam mubolag'a bo'lmaydi. Dil o'rtanur, dilimda g'ash bor, Boshboshdoqlik qilgandir asir. Durustgina senga e'tibor- Qilolmadim, bu emasdir sir. Hayot bu dam bo'lib girdobday, Olib ketur komiga solib. Dil siqilur yana paydar-pay, Onam meni unutdimmi deb. Sen bo'lsangchi, qilmasdan ta'na, Ko'z tashlaysan havotirlanib. Xo'rsinib goh, bildirmay ona, Artasan ko'z yoshing o'rtanib. Shoirning «Do'stlik haqida qissa», «Xanjardagi yozuvlar» asarlari voqeabandligi, ixchamligi, soddaligi bilan kitobxonlar qalbidan joy olgan. ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.9 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.9 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:34 ]
Arxiv ichida: docx