Sa'diy Sheroziy (1189-1292)

Sa'diy Sheroziy (1189-1292)

O'quvchilarga / Adabiyot
Sa'diy Sheroziy (1189-1292) - rasmi

Material tavsifi

SA'DIY SHEROZIY (1189-1292) Musharafiddin ibni Muslihiddin Abdulloh Sa'diy haqidagi ma'lumotlar turli tazkirada turlicha keltiriladi. Shu bois ko'pgina olimlar uning hayoti va ijodi to'g'risida fikr bildirganda shoir asarlaridagi qaydlarga suyanishadi. U 1189 yilda Sherozda amaldor oilasida tug'ilgan. Otasi Sa'd binni Zangiy qo'lida ishlagan. Bu haqda sa'diy «Guliston»ida yozadi: Man on goh sari tochvar doshtam, Ki sar dar kanori padar doshtam. Sa'diyning oilaviy ahvoli haqida to'liq ma'lumot yo'q. Ammo fors hokimi Shamsiddin Tozigo'yiga murojaat qilganidan yaqqol ko'rinadiki, Sa'diyning oilasi og'ir ahvolda yashagan: Z-ahvoli barodaram ba tahqiq, Donam, ti turo xabar naboshad. Az g'oyati fikr doimo o'ro, Shalvor ba poy dar naboshad. Sherozda siyosiy ahvol notinch bo'lgani uchun Sa'diy Bag'dodga yo'l oladi va u yerda Nizomiya madrasasida tahsil oladi. Ilk ustozi Abdulfaraj Abdurahmon ibni Javziy (1186-1257) edi. Eng muhimi tasavvuf ta'limotining asoslarini o'rganish niyatida Sa'diy 30 yil safar qilib, Arab, Eron, Turk va Rum mamlakatlarida bo'ladi. Sa'diyning mazkur yurtlardagi sayru sayohatlarining batafsil bayoni yo'q. Ammo undagi tafsilotlar «Bo'ston» va «Guliston» da aks ettirilgan. 1257-yili 68 yoshida bo'lgan Sa'diy dunyo bo'ylab sayohatini tugatib, Shayx Abu Abdulloh ibni Hafif xonaqohida go'shanishinlik qila boshladi. Zamonasining ulug' murshidi Shamsiddin Juvayniy uni o'z xonaqohiga chorladi. Ammo sa'diy pirning taklifini qabul qilmadi. 1292-yili shoir 103 yoshida vafot etadi. Mumtoz adabiyotning barcha janrlarida ijod qilgan Sa'diy Sherozga qaytgach parokanda she'rlarini jamlab, 1257-yilda «Bo'ston», 1258-yilda «Guliston», to'rt devondan iborat kulliyotini yozdi. Bu devonlar: «Tabiyot» «Badoe'» «havotim» «G'azaliyoti qadim» Sa'diyshunos olimlar shoirning qalamiga mansub asarlarni quyidagicha tartib beradilar: «Bo'ston», «Guliston», «Qasoid», «Tarjebband», «Devoni Tabiyot», «Devoni badoe'», «Devoni havotim», «G'azaliyoti qadim», «Qit'alar, ruboiylar va fardlar», «Chor risola» (maktublar va javoblar), «Sohibnoma». Kalom falsafasini rivojlantirib, uni mumtoz adabiyotiga olib kirgan shoir Sa'diydir. U olam va odamni yo'qdan bor qilgan Tangri Taoloning qodiru tanholigini tan olib, insonning oliy xilqatiga iymon keltiradi. Bir she'rida yozadi: Ba umrash vuchud az adam nAQSH bast, Ki donad chuz o' kardan az nest hast. Digar rah ba katmi adam darbarad, V-az on cho ba sahroi mahshar barad. Sa'diy-so'fiy shoir. U tasavvufdagi aqoidlarni mutassil o'rganib, uni «Bo'ston», va «Guliston» tarkibidagi hikoyat va she'rlarda singdira oladi. Ayniqsa, nafs, nafsni tiyish, kibr, manmanlik kabi so'fiylarga illat bo'lgan xususiyatlarni tahlil etarkan Sa'diy shunday xulosa qiladi: so'fiy uchun yeyish, ichish muhim emas. Eng keraklisi-ko'ngildan Ollohga sig'inish, odamlar orasida yashab ularga foyda keltirish, nafsini tiyish, riyodan saqlanish: Na chandon bixo'r k -az daxonat baroyad, Na chandon ki az za'f cxonat baroyad. Adolatli shoh masalasini Sa'diy ilk bor badiiy tarzda ifodalagan. Uningcha, davlat adolatli podshoh bilan rivojlanadi.adolat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.07 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.07 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga