SADRIDDIN AYNIY (1878-1954) XX asr tojik va o'zbek adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Sadriddin Ayniydir. U o'zining «Doxunda», «Qullar» romanlari, «Odina», «Etim», «Sudxo'rning o'limi» singari qissalari to'rt qismdan iborat «Esdaliklar» asarlari orqali yangi xildagi, zamonaviy tojik adabiyotiga asos soldi, shuningdek, qardosh o'zbek madaniyati, adabiyoti va san'ati taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Shu sabali Ayniy ijodi ikki xalq uchun ham qadrlidir. U XX asrdagi o'zgarishlarning shohidi sifatida milliy ozodlik harakatini ham, Oktyabr to'ntarishining fojeali oqibatlarini ham ko'rdi. Sadriddin Ayniy 1878-yil 15-aprelda Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi Soktare qishlog'ida tug'ilgan. O'n yil davomida Mir Arab, Olimjon Badalbek, Hoji Zohid, Ko'kaldosh madrasalarida tahsil oldi. Firdavsiy, Jomiy, Ro'dakiy, Navoiy kabi buyuk so'z san'atkorlarining asarlarini qunt bilan o'qidi. Uning ilk she'ri 1895-yilda «Guli surx» sarlavhasi bilan dunyo yuzini ko'rdi. O'sha vaqtdagi siyosiy ahvolga to'g'ri baho berishda Sadriddin Ayniyga ma'rifatparvar shoir Ahmad Donishning «Navodir ul-vaqoe», Xoja Marog'iyning «Ibrohimbekning sayohati» asarlari katta dasturilamal bo'ldi. Sadriddin Ayniyning asrimiz boshlaridagi faoliyati xalqni ilm-ma'rifatli qilishga bag'ishlangandir. U Buxoroda yangi usuldagi maktab ochib, «Yoshlar tarbiyasi» nomli darsligini tuzdi. Adibning «Odina» (1924), «Qulbobo yoki ikki ozod» (1928) qissalari, «Doxunda» (1930), «Qullar» (1934) romanlari uning nomini jahonga tanitdi. Keyinchalik «Etim», «Sudxo'rning o'limi» qissalari, «Esdaliklar» asar tojik va o'zbek adabiyotining sezilarli yutuqlaridan biriga aylandi. Sadriddin Ayniy Tojikiston Fanlar akdemiyasining haqiqiy a'zosi, O'zRFA faxriy a'zoi etib saylangan. Uning «Tojik adabiyotidan namunalar», «Firdavsiy va uning «Shohnoma»mi», «Kamol Xo'jandiy», «Shayxurrais Abu Ali ibn Sino», «Ustod Ro'dakiy», «Alisher Navoiy», «Mirza Abdulqodir Bedil» singari ilmiy tadqiqotlari hanuz o'z ahamiyatining yo'qotgani yo'q. Ayniy Tojikiston Fanlar akademiyasining birinchi Prezidenti sifatida qardosh xalqi ilmi, madaniyati rivojiga samarali hissa qo'shdi. U Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Oybek, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon kabi o'zbek san'atkorlari, tala tilshunos va adabiyotshunoslari bilan samarali ijodiy hamkorlik qildi. ayniyning deyarli barcha asarlari o'zbek va chet tillarga nashr etilgan. O'zbek tilida adibning 8 jildlik mukammal asarlari to'plami nashr etildi. U 1954-yil 16-iyulda Dushanbeda vafot etdi. Uning xotirasi xalq orasida abadiylashtirildi. ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.64 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:35
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.64 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:35 ]
Arxiv ichida: docx