SAMAD VURG'UN (1906-1956) VA MEHDI HUSAYN (1909-1965) Ozarbayjon xalqining zabardast shoiri, dramaturgi va jamoat arbobi Samad Yusuf o'g'li Velikov Qazax tumaniga qarashli Salaxli qishlog'ida tug'ilgan. O'quvchilar seminariyasida tahsil olgach, bir necha yil muallimlik qildi. Moskvada ma'lumot olgan. Ijodini she'r yozishdan boshlagan Samad tez orada «Shoirning qasami», «Fonar», «Ko'ngil daftari», «She'rlar», «Tong qo'shig'i» kabi to'plamlarni chop ettirdi. Turli mavzulardagi «Yigirma oltilar», «O'lim kursisi», «Kolxozchi xotin Basti haqida qissa», «Toliston», «mutan», «Zanjining orzulari» dostonlari, «Dunyo xotirasi» siyosiy she'rlar to'plami, «Voqif», «Xonlar», «Farhod va Shirin» pessalari Samad Vurg'unning mustahkam o'rnini belgilab berdi. Shoir «Voqif», «Farhod va Shirin» pessalari uchun ikki marta Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan. U 1956-yilda Bokuda vafot etgan. Samad Vurg'un ijodini talqin etish nihoyatda murakkab. Sabab - u bir tarafdan sho'roni barcha shoirlar singari osmon qadar maqtaydi. Ikkinchi tarafdan u nihoyatda dilbar shoir. «Ona haykali» asarini tahlil etgan mazkur fikr o'z isbotini topadi. O'ylab boq: toshlardan, bo'z qoyalardan, Surat yaratadi bir haykaltarosh. Go'yo nafas olar tirik bir inson, Yashaydi yuz minglab asrga sirdosh. Yashaydi san'atkor, yashaydi san'at- Nasldan-nasllarga beradi salom. Oh, ona tabiat, ona tabiat! Eng buyuk avloding insondir mudom. Mehdi Husayn Ali o'g'li 1909-yilda Qazah tumaniga qarashli Shixli qishlog'ida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. Uning yoshlik yillari Gruziyaning shahar va qishloqlarida o'tgan. Oliy ma'lumotni olgach, 1947-1949-yillarda Moskva kinomatografiya institutining rejissyorlik bo'limida tahsil olgan. U «Komissar» (1942), «Tarlon» (1940), «Fantaziya», «Qardoshlik oilasida» kabi o'nlab hikoyalar, «Sahar», «Uyg'onish», «Qora qoyalar», «Absheron» romani, «Jovonsher», «Intizor», «Nizomiy», «Alanga» kabi dramalarini yozib, ozarbayjon xalqining hayotidagi muhim bosqichlarni keng ko'lamda aks ettira olgan. «Uyg'onish» romanida u ozar dehqonlarining uyg'onish jarayonini tasvirlasa, «Sahar» da Oktabr to'ntarishida halok bo'lgan 26 nafar bokulik o'g'lonlarning fojiasini aks ettiradi. Agar «Tarlon» povesti dehqonlar hayoti haqida hikoya qilsa, «Absheron» romanida ishchilar hayoti mukammal tasvir etilgan. Ayni shu asar davlat mukofotiga sazovor bo'lgan edi. ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.43 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.43 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:36 ]
Arxiv ichida: docx