Shayx G'olib (1757-1799)

Shayx G'olib (1757-1799)

O'quvchilarga / Adabiyot
Shayx G'olib (1757-1799) - rasmi

Material tavsifi

ShAYX G'OLIB (1757-1799) XVII asr turk adabiyotining yirik namoyandalaridan bo'lgan Mehmed Asad G'olib - Shayx G'olib Istambulda, Yangikapi Mav-laviyxonasiga yaqin uyda tug'ildi. Uning otasi Mustafo Rashid devonda kotib bo'lib, davrining taniqli mavlaviylaridan edi. Bo'lajak shoir ilk saboqni otasidan oladi. Keyinchalik arab va fors tillarini mustaqil o'rganadi. Tinimsiz mehnat, imlga tirishqoqlik Shayx G'olibni bir umr tark etmadi. Yoshligidanoq mavlaviy sulukiga kirgan G'olib Galata mavlaviyxonasi shayxlari Nashod Afandi va Husayn Dadalar qo'lida tasavvufiy ilmlarni o'rganadi. Keyinchalik Konya shahriga kelib, mavlaviylikka asos solgan Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodini o'rganadi. J. Rumiyning ijodiy ta'siri Shayx G'olib she'riyatida yaqqol sezilib turadi. Konyada Rumiy ta'limoti bilan chuqur tanishgach Istambulga qaytgan, G'olib chilla o'tiradi va so'ngra mavlaviy dadalaridan bo'ladi. Chilla o'tirish marosimi mavlaviylikda 100 kun davom etgan. Chillaga kirgan G'olib 18 kun bir hujrada yolg'izlikda bo'lgach, uch yil davomida tekkadagi turli xizmatlarni bajarib, o'z nafsini o'ldirgan. Chilla o'tirish marosimini muvaffaqiyatli o'tkazgan G'olib 1787 yildan tasavvufga oid ilmiy ishlar yoza boshlagani ma'lum. 1791 yilda Galata mavlaviyxonasi shayxi Halil No''mon Dada Konyadan ruxsat olmay Uskudarda mavlaviyxona ochmoqchi bo'lgani uchun shayxlik vazifasidan bo'shatiladi. O'rniga tayinlangan shayx Abdullab Istambulga kelayotib yo'lda, Kutahyada vafot qiladi. Natijada yosh bo'lishiga qaramasdan Galata mavlaviyxonasiga 1791 yil 11 iyunda shayx etib Shayx G'olib tayinlanadi. Shu vaqtdan shoirning sulton Salim II bilan munosabati yaqinlashib, do'stlashib ketadi. O'zi ham nozikta'b bo'lgan sulton Salim II Galata mavla-viyxonasiga kelib turar, Shayx G'olib uyushtirgan zikrlarda ishtirok etardi. Gohida Shayx G'olibni saroyga chaqirib, uning g'azallarini tinglar, adabiy suhbatlar qurardi. Shayx G'olib sultonga qasida yozib, tekkening juda xarobligini aytganda, Salim II bir yilda tekkexonani ta'mir qildirib beradi. Shayx G'olib o'z davrida eng yosh devon tuzgan shoirlardan edi. U 24 yoshida devon tuzib, 26 yoshida Husnu Ishq dostonini yozib tugatadi. Sulton Salim II 3 ming oltin berib Shayx G'olib Devonini chiroyli bezattiradi. Shayx G'olibni sulton Salimgina emas, uning singillari Hadicha, Boyxon Sultonlar ham tez-tez hadyalar bilan mukofotlab turgan. Shoir g'azallarida yuqorida ismlari zikr etilgan nomlarning uchrashi ham bejiz emas. Hatto Shayx G'olib Boyxon Sultonga pinxona oshiq bo'lganligi haqida ham mish-mishlar bo'lgan. Saroyda va el orasida hurmati baland bo'lgan shoir afsuski hayotdan erta ko'z yumadi. 1799 yili 42 yoshida Istambulda vafot qiladi. Shayx G'olib sil kasalligi bilan og'riganligi haqida ma'lumotlar bor. 1797 yilda Shayx G'olibning juda qadrdon do'sti hamda maslakdoshi bo'lgan Asror Dadaning vafoti ham shoirga og'ir judolik bo'lgandi. Shayx G'olib do'stiga bag'ishlab yozgan marsiya turk adabiyotidagi eng go'zal marsiyalardan. Shu voqeadan so'ng Shayx G'olib xastalanib qolgan edi. Shoir Sururiy Kechdi G'olib Dada jondin yohu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.36 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.36 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga