Shota Rustaveli (XII asr)

Shota Rustaveli (XII asr)

O'quvchilarga / Adabiyot
Shota Rustaveli (XII asr) - rasmi

Material tavsifi

SHOTA RUSTAVELI (XII ASR) O'rta sar Gruzin adabiyotining buyuk namoyandasi Shota Rustavelining hayoti va ijodi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Faqat bizgacha yetib kelgan «Yo'lbars terisini yopingan pahlavon» nomli asarining kirishida yozilishicha, bu kitobni shoir Gruziya malikalaridan Tamaraga bag'ishlangan. Shu asosda shoirning XII asrda yashab ijod qilganini aniqlash mumkin. «Yo'lbars terisini yopingan pahlavon» dostoni O'rta asr Sharq adabiyotlarida yaratilgan ko'p asarlardan o'zining teran ifodasi bilan ajralib turadi. Shota Rustavelining birinchi xizmati shundaki, O'rta srda monarxiya davlatini adolatga chaqiradi. Ikkinchisi, Vatanni boskinchilardan ozod qilish g'oyasiga urg'u beradi. Uchinchisi, turli millatlarni yagona g'oya atrofida birlashishga chaqiradi. Doston-qahramonlari- Tariel, Aftandil, Faridun mardlik va jasurlik timsoli sifatida gavdalansa, Neston-Darajon singari oqila va mard ayollar bokiralik timsolidir. Ayollarning jamiyadagi mavqeyiga shoir yana-da ko'proq urg'u beradi. Mazkur doston 1937-yilda nishonlangan Shota Rustavelining 750 yillik yubeleyi munosai bilan juda ko'p tillarga tarjima qilindi. Shoir dostonning debochasida asar yozilishi haqida quyidagi satrlarni bitgan edi: Tarielning motamiga ko'taraylik biz fig'on, Bunday dardga duchor bo'ldi na gadoyu na sulton. Men-ku ismim Rustaveli, iztiroblar ko'rdim men, U qadimiy ertaklarni inju kabi terdim men. Asarni ulug' gruzin shoirlariga ta'zim bilan tugatgan Shota ularning ruhi poklarini yana bir qadar yodga oladi: Amironga qasidasin bag'ishladi Xoneli, Abdulmasih shijoatin ulug'ladi Shovteli. Dilagertni ko'p tarannum qilgandi Tmogveli, Tarielni yig'lab-yig'lab kuyladi Rustaveli. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.34 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.34 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga