YOZUVCHI TOG'AY MURODNING HAYOTI VA IJODINI MUAMMOLI TA'LIM ASOSIDA O'RGANISH REJA: Tog'ay Murod ijodining milliy adabiyotimizda tutgan o'rni. Muammoli ta'lim texnologiyasining ahamiyati. Tog'ay Murod asarlarida ma'naviy-axloqiy muammolar talqini. Tog'ay Murod asarlarini muammoli ta'lim asosida o'rganish. Tog'ay Murod ijodining milliy adabiyotimizda tutgan o'rni. Muammoli ta'lim texnologiyasining ahamiyati. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy yo'nalishlarini belgilashda ajdodlarimiz merosidan ular yaratgan eng yaxshi urf-odatlardan voz kechmaslik aksincha, ularni davom ettirish va boyitishga alohida e'tibor berilayotgani bejiz emas. Prezidentimiz ma'naviyatning jamiyat hayotidagi o'rni haqida maxsus to'xtalib, quyidagilarni e'tirof etgan edi: «Ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men, avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksaklikka da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman». Demak, yuksak ma'naviyat uchun kurash, unga erishishda hajvning o'rni, ahamiyati beqiyos darajada ulkandir. Shu jihatdan hajv ijtimoiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida, yetakchi pafos turi sifatida adabiyot va san'atda o'z o'rniga ega. Bir so'z bilan aytganda, istiqlol davri adabiyotida insonning ma'naviy-axloqiy kamoloti, shaxsning hozirgi hayot va jamiyatdagi o'rni o'rni muammosini ifodalashga bo'lgan e'tibor birinchi o'ringa qo'yilmoqda. Mamlakatimizning ma'naviy hayotida kun tartibida turgan mazkur vazifani bajarishda iste'dodli adiblar zimmasiga shubhasiz katta mas'uliyat tushadi. Istiqlol davri adabiyotining ma'naviy axloqiy sohasidagi tinimsiz izlanishlari hozirgi paytda o'z samarasini bermoqda. Bu narsalarni iste'dodli adib bir qancha hikoyalar, qissa va romanlar muallifi Tog'ay Murod ijodidan kuzatish mumkin. Adabiyotimizning hozirgi taraqqiyot bosqichining o'ziga xosligi shundaki, unda falsafiy va axloqiy-ma'naviy izlanishlar keng ko'lamda olib borilmoqda. Bunday ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni badiiy ta'sirchan ifodalash faqat odamlarning ruhiy ehtiyojmandligi tufayligina emas, balki adabiyotning ham ma'naviy ehtiyoji tarzida ro'y bermoqda desak yanglishmaymiz. Tog'ay Murod ijodiy izlanishlarining rang-barang hayotiy materiallar asosida ruyobga chiqqanligi ayniqsa quvonchlidir. Chunki: «Yozuvchi hayotiy voqealarni tasvirlar, xarakterlar yaratar ekan, u o'z fantaziyasining bandasi bo'lib qola olmaydi. Yozuvchi istagidan ustun turadigan qalamining yo'nalishini belgilab beradigan ma'lum kuchlar borki, san'atkor ular bilan hisoblashmasdan iloji yo'q. Shulardan biri hayot mantiqidir». Badiiy ijod qaysi janri bo'lmasin faqat salmoqdor fikr, mustaqil qarashni taqozo etadi. Ijodkor o'zini ruhan erkin his etgan taqdirdagina chinakam asar maydonga keladi. Istiqlol ijodkorlarni sho'ro davrida mudom taqiq qilib turadigan son-sanoqsiz ko'zga ko'rinadigan va ko'rinmaydigan ruhiy kishonlardan ozod etdi. Birgina moddiloncha falsafaga asoslangan, barcha birdek amal qilishi lozim bo'lgan soata ijodiy metodning qat'iyan rad etilishining o'zi ijodkor uchun benazir saodat va mislsiz imkoniyat. Lekin aytish kerakki o'sha davrdi yashab o'sha davr illatlarini nozik psixologik tahlillar orqali ifoda qilgan ijodkorlar ham bo'ldi. Ijodkor shaxs birinchi navbatda uni o'zligidan ayirgan mustabid tuzumni, ijtimoiy voqelikni ko'ngil prizmasidan o'tkazadi. Buning natijasida anglash jarayoni kechadi. Bu ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
78.76 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
78.76 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: docx