TOJIK adabiyoti Tojik adabiyotining tarixi tojik xalqining tarixi kabi boy va qadimiydir. O'zining kelib chiqishi va til xususiyatlari jihatidan tojiklar Eronda yashovchi forslarga vobasta. Shu bois fors-tojik adabiyoti atamasi tez-tez qo'llanadi. Ulug' mutafakkirlar Abulqosim Firdavsiy, Umar Xayyom, Sa'diy She'roziy, Hofiz She'roziy, Abdurahmon Jomiyning ijodiy merosi bani basharga bir xil darajada taalluqlidir. Qadim tojik adabiyotni qardosh xalqlar adabiyoti jumladan, o'zbek adabiyoti bilan bog'lovchi an'analar mavjud. Bu ikki xalq vakillari ikki tilda bemalol gaplashish barobarida ikki tilda ijod ham qiladilar. Xalq og'zaki ijodi namunalari, «Avesto», «Go'ro'g'li» siklidagi dostonlardan ma'lum bo'ladi-ki, yozma tojik adabiyoti IX asrdan boshlanadi. Shunga qarab tojik adabiyotini quyidagicha tasnif etish mumkin: 1. Qadimgi tojik adabiyoti 2. IX-XV asrlar adabiyoti 3. XVI-XIX asr tojik adabiyoti 4. Sho'rolar davri tojik adabiyoti (1917-1991) 5. Hozirgi zamon tojik adabiyoti Qadimgi tojik adabiyotining bizgacha yetib kelgan ilk namunalari: «Avesto», «Rustam» to'grisidagi dostonlar, parfian tilidagi «Assiriya tarixi», «Zorer haqida» asarlar. Asrab istilosidan so'ng to IX asr boshigacha davlat tili arab tili edi. Somoniylar davlati paydo bo'lgach esa jonli til-«dari» (forsiy) hisoblanib, yozma adabiyot shakllanadi. Abutoqiyi Abbos ibn Taxon Samarqandiy, Abuhafs Samarqandiy, Xanzol Bog'disiy, Mas'ud Marvoziy, Feruz Mashriqiy, Muhammad ibn Vosif Sag'ziy, Abusolih Gurgoniy, Abbos Marvaziy, Bassom Kurd Xorijiy, Muhammad ibn Muhallidlar mazkur adabiyotning vakillari hisoblanib, ularning ijodida xilq og'zaki ijodining ta'siri kuchli edi. Tojik yozma adabiyotining asoschisi sifatida Abu Abdulloh Ro'dakiy tan olingan. V-XI asrlarga kelib tojik mumtoz adabiyotida ruboiy (Ibn Sino, Umar Xayyom), g'azal (Unsuriy, Farruhiy, Manuchehriy), qasida janrlari bilan bir qatorda dostonchilik ravnaq topdi. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», Asadiyning «Gurshaspnoma», Faxriddin Gurgoniyning «Vis va Romin» dostonlari mazkur janrning yetuk nisxonasi edi. «Zol va Rudoba», «Bijan va Manij», «Bahromi Cho'bina», «Temirchi Kova» kabi bin necha dostonlarni o'z ichiga olgan «Shohnoma» asarida turli toifa kishilarining murakkab munosabatlari ifodasini topgan, Rustam va Isfandiyorlarning qahramonona hayoti tasvirlangan. X-XI asr fors-tojik she'riyatida Nosir Xisrav va Umar Xayyomning alohida o'rni bor. Nosir Xisravning «Xudo bilan aytishuv» qasidasi, «Safarnoma», «Rushnoyinoma» asrlarida mumtoz adabiyotining ana'ana va g'oyalari bir muncha yangilangan bo'lsa, Umar Xayyom ruboiy janrining katta salohiyatga ega ekanini namoyish etdi. Nazira, tatabbu' janrlarini, XII asrda Sobir Termiziy o'z asarlari bilan boyitgan bo'lsa, ijtimoiy hayotning illatlarini hajv kulgi asosida So'zaniy qalamga oldi. XII-XIV asrlar tojik adabiyot ravnaqi uchun alohida mavqega ega. Aytish mumkin-ki, to Abdurahmon Jomiygacha tojik adabiyotini yuksak cho'qqiga olib chiqqan Jaloliddin Rumiy, Xusrav Dehlaviy va Sa'diy Sheroziylar ayni shu davr mahsuli edi. Xusrav Dehlaviy Nizomiy an'anasini davom ettirib, mohiyatan yangi bo'lgan «Xamsa» yozdi. «Bo'ston», «Guliston» asarlari bilan dunyo adabiyotiga hissa ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.74 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.74 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: docx