TO'XTAG'UL SOTILG'ANOV (1864-1933) Qirg'iz xalqining ulug' oqini va bastakori To'xtag'ul Sotilg'an o'g'li 1864-yilda tug'ilgan. Yoshligidan qubiz chertib, xalq qo'shiq va dostonlarini aytib yurgan To'xtag'ul sekin - asta original asarlar yaratib, kuylashga kirishdi. «Qizlarga», «Alimxon», «Eshon xalfa», «Qashshoq» kabi asarlarida ijtimoiy hayotning muammolarini keskin tanqid ostiga oldi. Rus istilochilari omonidan Sibirga surgun qilindi. Olti yildan so'ng Krugo-Bayqol temir yo'l qurilishiga yuboriladi. 1910-yilda u yurtiga qaytgach yana qamoqqa olinadi. Shunda yurtdoshlari uni kafillikka olishadi. O'z boshidan kechirgan azob-uqubatlarni shoir «Tutqunning jiri», «Quvg'indi», «Eshmabet bilan uchrashuv» asarlarida isxonarli tarzda tasvirlaydi. To'xtag'ul Sotilg' 1933-yilda vafot etadi. O'zbek kitobxonlari shoirning «Sog'inib keldim» she'riy to'plamidan 1964-yilda bahramand bo'lishdi. Yetim-yesir, holsizni, Savalading, besh to'ng'iz. Odam o'rnida yo'qsulni, Sanamading, besh to'ng'iz. Yeb-ichishdan boshqani, Tan olmading, besh to'ng'iz. Bu satrlar shoirning «Besh qobon» asaridan bo'lib, unda Ahmad, Diqon, Otaxon, Risqulibek kabi boylar tanqidi bahonasida yurtning qonini ichayotgan istilochilarning asl basharasi tasvirlangan. O'nta otga tushunrding, O'razali qarini. Yurt haqin yeb o'tkazding, Umringning yarmini. Ko'rolmading kambag'al, Yaxshi ot minganin. Ahmad, Diqon, Otaxon, Go'rkovliging bul sening. Tentiratding sen, talab, Bo'ramboyning Sarisin, Kunda yulding ayblab, Yurt topganin barisin. ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.4 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.4 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: docx