XVII asr adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari XVII asr usmoniylar imperiyasi uchun muvaffaqiyatli kechmagan bo'lsa-da, adabiyot rivojlanishdan to'xtab qolgani yo'q. Saroy tomonidan shoirlarga ko'rsatilgan g'amxo'rlik har holda o'z samarasini berdi. Yuz yil boshlaridagi Lola davrida Nodim, asr so'nggida esa Shayx g'olib singari ajoyib shoirlar yetishib chiqdi. XVII asrda Nabiy ijodiga ergashib, uni o'ziga ustoz deb bilgan: Sobit, Durriy, Kamiy, Salim, Samiy, Izzat Ali Posho, Sayyid Vahbiy kabi shoirlar ijod qildilar. Fitnat xonim, Nabizoda Nozim o'ziga xos ovoz bilan adabiyotga kirib keldilar. O'sha davr shoirlariga ustozlik qilgan Xo'ja Nashot (?-1807) ajoyib g'azallar yozish bilan birga, yoshlarga fors tili va adabiyotidan saboq berdi. Bu davrda turk shoirlariga fors she'riyatining ta'siri yanada kuchaydi. XVII asr turk she'riyatining o'ziga xos xususiyatlari Nabiy, Nodim, Shayx g'olib ijodida ayniqsa yaqqol namoyon bo'ldi. Yuqorida nomi zikr etilgan shoirlar ijodining ahamiyatli tomoni mahalliy kalorit ustunligi va xalq ijodiga yaqinlikdir. XVII asrning oxirlarida Nabiy va Sobit ijodida ko'ringan yerli unsurlarni tasvirlash XVII asrda yanada kuchaydi. Xalq urf-odatlarini adabiyotda aks ettirish odat tusiga kira bordi. Endi shoirlar Bag'dod, Sheroz yoki boshqa bir xayoliy shaharlarni emas, Istambulni, yangi qurilgan binolar, bog'lar, o'sha davr muhitini qalamga ola boshladilar. Yerlilashtirma oqimi vakillari she'rlarida ko'proq xalq maqol, latifalarini qo'llab, mahalliy turmush tarzini ifodalashga ahamiyat berdilar. Devon adabiyotida ilk marta yozilgan sharqiylar ham yangilik edi. Xalq qo'shiqlari turku va koshma shakliga o'xshash hijo vaznida yoziladigan sharqiylarning eng yaxshi na'munasini Nodim yaratdi. XVII asr adabiyotining yana bir o'ziga xosligi mumtoz devon she'riyatining qat'iy qonun-qoidalaridan chekinishi bo'ldi. An'anaviy obrazlar yangicha talqin qilina boshlandi. Yor tasvirida ham, oshiq tasvirida ham o'xshatishlar o'zgardi. Yorning ko'z, soch ranglari tasviri, oshiqning hijron azobidagi holatlarini berishda shoirlar originallikka intildilar. XVII asrda urf bo'lgan hind tarzi uslubining ta'siri oz bo'lsa-da, XVII asr she'riyatida sezilib turdi. Bu yuz yil she'riyatida ko'ringan o'ziga xosliklardan, sharqiy, tarix, naziralarning ko'plab ijod qilinganidir. Yozma adabiyotdagi murabba, xalq she'riyatidagi turku, koshmalarning qorishiq tarzi o'laroq yuzaga kelgan sharqiylarning Nodim ijodida keng o'rin olishi, shoirning 28 sharqiysi ko'plab yosh shoirlarga o'rnak bo'ldi. Tarix aytish turli munosabatlar bilan, navro'z, ramazon bayramlari, shahzodalarning tug'ilishi, harbiy g'alabalar, elchilarni qabul qilish va boshqa ko'plab hodisalarga bag'ishlab yoziladi. Hatto faqat tarix aytilgan she'rlarning devoni tuzila boshladi. Shokiriy va Foiz tuzgan Majmuai tavorix bunga misoldir. Bu davrda nazira va taqlidiy asarlar ko'proq Fuzuliy, Navoiy, Nabiy, Nafiy, Boqiy, Nodim g'azallariga nisbatan yozildi. Atif Afandi (?-1742), Izzat Ali Posho (?-1735) Hashmet (?-1768), Fitnat Xonim (?-1780) kabi shoirlarning naziralari ayniqsa mashhur edi. XVII asrda yaratilgan asarlar tili avvalgi asrdagilarga nisbatan xalq ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
10.8 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
10.8 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:48 ]
Arxiv ichida: docx