XVII asrda adabiy muhit XVII asr usmonli imperiyasi uchun juda og'ir kechdi. Ichki isyonlar, iqtisodiy qiyinchilik, ayniqsa, imperiyaning tashqi siyosatdagi mavqei ketib, bir qancha yerlarni qo'ldan chiqarishi bu davr uchun xarakterlidir. Davlatning nainki XVI asrdagi buyukligi, hatto XVII asrdagi qudrati ham juda zaiflashib qoldi. 1699 yilda imzolangan Karlovcha shartnomasiga ko'ra, usmonlilar davlati Mojaristonning katta qismini Dolmachya va Mora yerlarini qo'ldan chiqardi. Garchi 16 yil davom etgan urush to'xtagan bo'lsa ham, imperiyaning Yevropadagi mavqei deyarli yo'qoldi. Uzoq davom etgan urushlar natijasida soliqlar ko'paydi. Bu narsa shusiz ham iqtisodiy qiyinchiliklarda yashayotgan xalqning joniga tegdi va bir necha isyonlar bo'ldi. Ispaniya va Chor Rossiyasi ham usmonlilarga qarshi tish qayrab turardi. 1712 yil, Istambul shartnomasi tuzildi. Bunga ko'ra Turkiya Mora va boshqa ba'zi qo'ldan ketgan yerlarni qaytarib oldi. Davlat bir oz qadrini rostlagandek edi. Ammo, Avstriya urushi boshlandi. 1718 yil Pasarofcha sulhi tuziladi. Urushlar, isyonlardan charchagan omma bu sulhni yaxshi qabul qiladi. Eron shohi Ashraf bilan to'qnashuvni hisobga olmaganda, davlatda tinchlik o'rnatiladi. Lola davri deb atalgan bu 13 yilda adabiyot, san'at birmuncha rivojlandi. Lekin, bu davrda soliqlar ko'paygan va soliqlarni shohlar ayshu-ishratlarga sarflayotganini ko'rgan xalq isyon ko'taradi. Bunga 1729 yil turk qo'shinlarining Eron shohi Nodirshohdan yengilganligi va bunga sultonning e'tiborsizligi ham sabab bo'ladi. Sulton Ahmad II taxtdan ag'dariladi, Sadra'zam Ibrohim Posho o'ldiriladi, yangidan qurilgan binolarga, saroylarga o't qo'yiladi. Taxtga Mahmud I o'tiradi. Biroq davlat idorasi isyonchilar boshlig'i yanichar Xalil va uning maslakdoshlari qo'lida edi. Ular asosiy mansablarga o'z odamlarini qo'yar, istagan amaldorni ishdan bo'sxattirar edilar. Poytaxt Istambul o'zaro ichki mojarolar ichida qolgandi. Ahvolning bu tarzda davom etishi mumkin emasligini anglab yetgan sulton Mahmud I, bir bahona bilan Xalil va maslakdoshlarini saroyga chaqirtiradi hamda hiyla bilan qo'lga olib, qatl ettiradi. Bosh ko'targan askarlar isyonini ham bostiradi. Davlat boshqaruvini qo'lga oladi. Bu davrda usmoniylar G'arbda Avstriya va Rossiya bilan, Sharqda Eron bilan janglar olib borayotgan edi. 1756-1763 yillar sulton Mustafo II davri biroz osoyishta kechdi. Ruslar bilan urushlar, Mora isyoni natijasida 1774 yil usmoniylar Kichik Kaynarcha sulhini imzolashga majbur bo'ldilar, natijada Qrim mustaqil bo'ldi. Angliya va boshqa Yevropadavlatlari har xil bahonalar bilan usmonlilarning siyosatiga aralashishga harakat qilardilar. Tashqi urushlar, Misr, Suriya, Anado'lidagi ichki isyonlar asr oxirigacha oz moz uzilishlar bilan davom etdi. XVII asr usmonli taxtiga o'tirgan sultonlarning ko'pchiligi shoirtabiat, san'atsevar, tabiatan yumshoq ko'ngil edilar. Bu vaqtga kelib Yevropaesa avvalgidan ko'ra ilm-fanda ancha ilgarilab ketdi. Shu jumladan harbiy sohada ham XVII asrda Turkiya har tomonlama Yevropadan orqada qola boshladi. 1703-1730 yillar hukmronlik qilgan sulton ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.74 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.74 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:48 ]
Arxiv ichida: docx