Yunus Emre (1239-1321)

Yunus Emre (1239-1321)

O'quvchilarga / Adabiyot
Yunus Emre (1239-1321) - rasmi

Material tavsifi

YuNUS EMRE (1239-1321) O'rta asrlarda yashagan turk shoirlari ichida turk tilida asarlar yozib, yozganda ham keng xalq ommasiga tushunarli tarzda ravon she'rlar yaratib mashhur bo'lgan shoir Yunus Emredir. Yunus Emre 1239 yilda Eski shahardan uncha uzoq bo'lmagan, Porsuq daryosining Sakaryaga quyilish qismida joylashgan Sariko'y qishlog'ida dunyoga keldi. Emre uning taxallusi bo'lib, tasavvuf suluklaridan biri Tekke sulukiga mansubligini bildiradi. Yu. Emre xalq orasida mashhur shoir bo'lsada, o'rta asr tazkiralarida u xaqda ma'lumot kam. Uning tavallud va vafoti sanalari ham nisbiydir. Ammo xalq orasida shoirning hayoti va ijodiga oid ko'plab rivoyatlar mavjud. Garchand bu rivoyatlar Yu. Emre mashhurligidan, keng ommaning unga muhabbatidan dalolat bersa-da, ayni paytda shoir hayoti haqida aniq haqiqatni bilishni mushqo'llashtiradi. Masalan: Turkiyada Bursa, Sivas, Sariko'y va boshqa o'n beshga yaqin joyda Yu. Emre qabrini ko'rsatadilar. Mulada esa Yu. Emre qabri, shoirning piri bo'lmish Tabduq Emrega murid bo'lganligi va uning eshigida qirq (ayrim ma'lumotlarga qaraganda o'ttiz) yil xizmat qilganligi, Yu. Emre ustoz fotihasini olib shoir bo'lganligi haqida shunday rivoyat bor: Ocharchilik boshlanib, Yunusning oilasi qiynalib qoladi. Shunda Yunus chora izlab shayx Hoji Bektoshiy huzuriga keladi. Biroq nima maqsadda kelganini aytolmay turganida Hoji Bektosh Duo istab keldingmi?,-deb so'raydi. Yunus bug'doy so'rab kelganligini aytadi. Hoji Yunusga so'raganidan ortiq bug'doy beradi. Uyiga qaytayotib Yunus o'zining xato qilganini sezadi, duo emas bug'doy so'raganidan pushaymon bo'ladi va orqaga qaytib Xoji Bektoshiydan duo so'rab kelganini aytadi. Hoji Bektosh Yunusni Tadbuq Emrega yuboradi. Yunus butun qalbi bilan Tabduq Emrega murid bo'lib, uning uyida o'tin tashib xizmat qiladi. Kunlardan bir kun o'tin tashib keltirgan Yunusga Tabduq: Yunus sen biror marta xam egri o'tin olib kelmading, - dedi. Shunda Yunus: Bu dargohga egri bo'lgan hech bir narsa kirolmas, - deb javob beradiki, bu Yunusning piriga e'tiqodi yuksakligidan dalolatdir. Oradan qirq yil o'tadi. Tabduq Emre dargohida tez-tez fozillar majlisi bo'lib turar, bu majlislarda Yunus Go'yanda ismli ovozi shirali kishi ham albatta qatnashardi. Tabduq Emre: Yunus Go'yanda kuyla deb buyuradi. Go'yanda jim. Qo'shiq aytgin Yunus, bizlar seni eshitmoq istaymiz - deb takrorlaydi Tabduq. Yunus Go'yanda yana jim. Shunda Tabduq Yunus Emrega: Tangrining inoyati ila senga murojaat qilish vaqti yetdi, biz bu xazinaning qulfini ochurmiz, sen kuyla, - deydi. Shunda Yunus Emre qirg'oqlaridan toshmoqchi bo'lgan daryodek toshib, jo'shib kuylaydi va keyinchalik xalq orasida mashhur bo'lib ketadi. Bu rivoyatdan qat'i nazar Yunusning Tabduq Emrega murid bo'lganligi va shoir dunyoqarashida, uning shaxs sifatida voyaga yetishida Tabduq Emrening ta'siri katta bo'lgani aniq. Buni Yunus Emre asarlaridan ham ko'rish mumkin. Shoir adabiy merosi ancha boy bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.08 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.08 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga