YuSUF NABIY (1640-1712) XVII asrning ikkinchi yarmi XVII asr boshlarida yashab o'tgan eng shuhratli turk shoirlaridan biri Yusuf Nabiydir. Urfada tug'ilgan shoirning otasi Xoji G'affolzoda ismli kishi bo'lib, oilada ilmga, adabiyot va san'atga qiziqish kuchli edi. Bo'lajak shoirning bolaligi ilm havosiga to'yingan bir muhitda kechdi. Boshlang'ich tahsilni Urfada oladi. Muntazam ravishda ilmini oshirib borgan Nabiy arab va fors tillarini she'r yozish darajasida yaxshi o'rganadi. 25 yoshida Istambulga kelib, vazir Mustafo Poshoning xizmatiga kiradi. Tezda Istambuldagi adabiy muhitda o'z o'rnini topadi. Davrining ustoz shoirlaridan bo'lgan Noiliyning e'tiboriga tushadi va hurmatini qozonadi. Yusuf Nabiga Mustafo Posho umrining oxirigacha homiylik qiladi. U vazirning devonida kotib, so'ngra turli yuqori lavozimlarda ham ishlaydi, hatto bir qancha harbiy yurishlarda vazirning yonida bo'ladi. 35 yoshida haj safarini ixtiyor qiladi. Hajdan qaytib Tuhfat ul-haramayn (Ikki muqaddas shaharga sayohat) nomli asarni yozib sulton Mehmed IVga topshiradi. Geografik ruhdagi bu asarda Yusuf Nabiyning Makka va Madina shaharlariga qilgan sayohatlari, bu shaharlardagi ijtimoiy muhit o'qishli tarzda juda yaxshi ifodalangan. Kitobning Mexmed IVga sovg'a qilinishi ham bejiz emas. Sulton sevikli shoiri Yusuf Nabiyning haj safari uchun sharoit yaratib bergan, o'sha vaqtdagi Makka valiysiga xat yozib, Nabiyga e'tibor qilishini ham buyuradi. Umuman Yusuf Nabiy 72 yillik hayotida oltita sultonlar hukm surgan davrni ko'rdi. Bu hukmdorlarning barchasi (Ibrohim I, Mehmed IV, Sulaymon II, Sulton Ahmad II, Mustafo II, Ahmad II) Nabiyga yaxshi munosabatda bo'lib, iltifotlar ko'rsatib turgan. Haj safaridan so'ng Yusuf Nabiy ulug' vazir Mustafo Posho bilan Moraga ketadi. 1685 yilda vazirning vafotidan so'ng Halab shahriga borib joylashadi. Halab valiysi Baltoji Mehmed Posho shoirning do'sti va homiysi edi. Uzoq yillar Halabda yashab, Baltoji Posho bosh vazir bo'lgach, 70 yoshida Istambulga qaytadi. Nihoyatda ilmli va pok inson bo'lgan Nabiy o'z vafot kunini oldindan bashorat qilib, qit'a yozadikim ketti Nabiy Afandi jannatga tek misralari uning vafotini tarix sanasini anglatadi. 1712 yil 12 aprelda ko'z yumgan. Shoirning qabri Uskudardagi Qorajaahmad qabristonidadir. Yusuf Nabiy bilimdon va kamolotga erishgan shaxs edi. Uning zamondoshlari shoir haqida hamisha hurmat bilan yozadilar. Nabiyni fozil dindor, pok inson sifatida ta'riflaydilar. Sabr-toqatli, shirin so'zli, atrofidagilarning ishlariga aralashavermaydigan Nabiyning samimiy do'stlari ko'p edi. Turli mojarolardan o'zini olib qochadigan, g'iybatlarga qo'shilmaydigan shoir xarakteri uning asarlarida ham aks etgandek. Xayriyai Nabiy masnaviysi shoirning falsafiy, estetik qarashlarini o'zida jamlagan asarlaridan biridir. Nabiyning ikki o'g'li bo'lib, o'g'illari Abulxayr va Mehmed Eminlar Halabda tavallud topganlar. Umuman Nabiy ijodining eng gullagan davri, Halab shahrida Baltoji Mehmed Posho homiyligida bo'lgan davridir. Xayriyai Nabiyni shoir o'g'li Abulxayrga bag'ishlab didaktik ruhda yozgan. Shoirning maqsadi ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.55 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.55 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:49 ]
Arxiv ichida: docx