Yusuf Shomansur hayoti va ijodi

Yusuf Shomansur hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Yusuf Shomansur hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Istedodli shoir va nosir Yusuf Shomansur 1936 yilda Toshkentda tug'ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutini tamomlagan (1960). Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida o'qigan (1965-1967). Birinchi sheriy to'plami 1957 yilda «Gorn sadolari» nomi bilan chop etilgan. Uning «Mehringga to'ymayman» (1962), «Oydan kelgan bolalar» (1964), «Sher dardida» (1965), «Akrom va makaron» (1966), «Qalam va umr» (1968), «Yuragim» (1970), «Tabassum» (1971), «Holva» (1972), «Qiziq-qiziq» (1975), «Dostonlar» (1977) kabi bir qator sher, doston va ertaklardan tashkil topgan kitoblari bosilib chiqqan. Bularning ayrimlari bolalarga bag'ishlangan bo'lib, ularda beg'ubor va pokiza yoshlar olami tasvir doirasiga tortiladi. Shoirning kattalarga bag'ishlangan ko'pchilik sherlarida bo'lsa xalqimizning zahmatli mehnati, bunyodkorlik ishlaridan naql yuritiladi, mehnat azobidan qaddi dol bo'lgan kishilarga hamdardlik bildiriladi, ko'p hollarda sevishgan-sevilganlar baxtiyu, fojeasi qalamga olinadi, goho esa tabiat shaydosiga ham aylanadi. Uning vafotidan keyin nashr etilgan «Kulgiga ne etsin» (1979),«Qo'sh yurak» (1981), «Men o'tqazmagan daraxt» (1986), «Qo'zivoy» (1987) kabi to'plamlarini bu jihatdan etiborli, desa bo'ladi. Yusuf Shomansur yetuk shoir bo'lishi bilan birga, romannavis sifatida ham qalam tebratgan. U «Qora marvarid» romanida neft yoqilg'isi bunyodkorlarining fidoiy mehnati va zahmati haqidagi ancha jiddiy mushohadalarini bayon qilgan. Yusuf Shomansur umrining so'nggi yillarida dramaturg sifatida ham qalam tebrata boshlagan. Bu boradagi birinchi mashqi «Yor qayrilib boqmadi» komediyasi bo'ldi. Unda bosar-tusarini bilmagan, kibr-havoga berilgan ayrim yoshlarning axloqiy qiyofasi ustidan kulish ustuvorlik qiladi. Yusuf Shomansur adabiyotshunos sifatida ham o'nlab ilmiy-tanqidiy maqolalar yozib elon qilgan. Badiiy ijod bilan ilmiy faoliyatning mushtarak nuqtalariga bag'ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 1978 yilning 8 dekabrida vafot etgan. Yusuf Shomansur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.77 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.77 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga