YuSUF SINON ShAYXIY (13711422-23) Turk adabiyoti tarixida shayx ash-shuaro, ya'ni shoirlarning shayxi nomi bilan ulug'langan Yusuf Sinon Garmiyoniy - Shayxiy Garmiyon (Kutaxya) beyligida 1371 yil dunyoga keldi. Shayxiy haqida adabiy manbalarda bizgacha ancha-muncha ma'lumotlar yetib kelgan. U o'z yurtida boshlang'ich ma'lumot olgach, bilim olish uchun Eronga ketadi va u yerda oftalmologiyani (ko'z tabibi) chuqur o'rganib, malakali tabib bo'lib yetishadi. Yu. Shayxiy Erondan Edirnaga kelib 1410 yilgacha sulton Sulaymon saroyida, so'ngra Bursada Mehmed I ni (1403-1451) davolaganligi uchun saroy bosh hakimi lavozimiga erishadi. Yu. Sinon Shayxiy davrining ulug' tabiblaridan bo'lsa ham uning mashhurligi shoirligi tufayli edi. G'azallari bilan tanilgan Shayxiy Sulton Murod II chidan Nizomiy Ganjaviy Xamsasidan biror dostonni turk tiliga tarjima qilish topshirig'ini oladi va Xisrav va Shirin dostonini turk tiliga tarjima qiladi. Ma'-lumki, somoniylar hukmdori bo'lgan Xusrav Parviz (VII asr) va uning go'zal, sadoqatli rafiqasi Shirin haqida, adabiyot olamida birinchi bo'lib Firdavsiy mashhur Shohnomasida yozgandi. Nizomiy dostonini birinchi marotaba turkiy tilga Oltin O'rdalik shoir Qutb erkin tarjima qilgan. 1367 yilda Faxriddin Yoqub ibn Muhammad-Faxr taxallusli shoir Oydin begining iltimosiga ko'ra, Nizomiy asarini usmonli turkchasiga erkin tarjima qiladi. Ammo, Faxriy o'z dostoniga Shohnomadan ba'zi boblarni (M; Bahrom Go'r haqida) kiritadi. Yu. Shayxiyning Xusrav va Shirin dostoni usmonli turk tilida, shu mavzuda bo'lgan ikkinchi doston edi. Shayxiy Sulton Murod II ning buyrug'iga ko'ra, Nizomiy Xamsasining Xusrav va Shirin dostonidan 100 bayt tarjima qilib, sultonga taqdim etadi. Mamnun bo'lgan Murod II shoirga Doquzlar qishlog'ini in'om qiladi. Shayxiy Doquzlarga ketayotganda qishloqning avvalgi egasi tomonidan uyushtirilgan qaroqchilar hujumiga uchraydi va o'zi zo'rg'a qochib qutuladi. Mana shu voqea ta'sirida Shayxiy Xarnoma satirik asarini yozadi. Xarnoma turk adabiyoti tarixida yozilgan ilk hajviy asar bo'lib, bu doston haqida birinchi marotaba 1917 yil prof. Fuad Ko'prulu ma'lumot bergan. Asar 126 baytdan iborat bo'lib, ilk 12 bayt tavhid va na'tdir. Podshohga bag'ishlangan 26 baytlik madhiya bor. Doston masal shaklida bo'lib, asosiy mavzu eronlik shoir Amir Husaynning asaridan olingan bo'lsa ham, Shayxiy ilk bor yuqori mansabli shaxslar haqida hajviy gap ayta oldi. Xo'kizga hasad qilib, uningdek shoh istab, quloqlaridan ayrilib qolgan eshak haqidagi masal Shayxiy dostonida ijtimoiy mazmun kasb eta olgan. Shayxiyga katta shuhrat keltirgan Xusrav va Shirin 6944 baytdan iborat bo'lib, shoir tarjimani to'liq oxiriga yetkaza olmagan. Nizomiy dostoniga erkin yondoshgan Shayxiy bu dostonda Xusrav, Farhod va Shirinlar tomonidan aytilgan 26 g'azalni kiritgan. Farhod obrazi ham juda yorqin yaratilgan. Nizomiy Iskandarnomasini erkin tarjima qilgan, Ahmadiy asar tilini soddalashtirishga harakat qilgan bo'lsa, Shayxiy Xusrav va Shirinda aksincha arab, fors so'zlaridan ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.91 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.91 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:49 ]
Arxiv ichida: docx