Zulfiya haqida

Zulfiya haqida

O'quvchilarga / Adabiyot
Zulfiya haqida - rasmi

Material tavsifi

Zulfiya Zulfiya Isroilova xalqimizning ardoqli va atoqli vakilidir. U 1915-yil Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang'ich maktabda, so'ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan 1935-1938 yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institut aspiranturasida o'qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1953-yildan 1980-yilgacha, qariyb 30 yilga yaqin Respublikamizda keng tarqalgan Saodat nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo'lgan. : Zulfiya xotin-qizlar bilim yurtida o'qib yurgan paytlarida adabiy to'garaklarga qatnashadi, she'riyat sirlari bilan tanishadi, she'rlar mashq qila boshlaydi. Uning birinchi she'ri 1931-yil 17-iyulda Ishchi gazetasida bosilib chiqadi. Zulfiyaning dastlabki she'rlari Hayot varaqalari 1932-yilda bosilib chiqqan. Shoira Zulfiya 1932-yilda Hamid Olimjon bilan tanishadi va unga turmushga chiqdi. Zulfiya ijodining rivojlanishida shoir Hamid Olimjonning ta'siri kuchli bo'lgan. Zulfiya Kuylarim sizga she'rlar to'plamiga (1968) yozgan so'z boshisida o'zining ilk ijodi haqida gapirib shunday deydi: Ko'p o'tmay hayot menga yanada talabchan va qattiqqo'l muhaqiqni bahsh etdi. Hayotimning o'n yili Hamid Olimjon bilan hamnafas va hamqadam o'tgani men uchun baxt bo'ldi. Ulkan shoir, o'z ona tili va adabiyotining bilimdoni, kam uchraydigan qobiliyat egasi va intizom sohibi Hamid Olimjon qalbim va ruhimga uyg'un hamkorim va sezgir maslahatchim ham edi (Komyuterdan ekranga Hamid Olimjon va Zulfiya hayotiga oid tasvirlar tushiriladi.) 1944-yil 3-iyulda shoiraning umr yo'ldoshi Hamid Olimjon avtomobil haloqatidan halok bo'ladi. Zulfiya Hamid Olimjon vafotiga atab Kechir qoldim g'aflatda, Yulduz, Ne bolaga etding mubtalo, Sen qaydasan yuragim?, Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh?, Bahor seni so'roqlab kabi she'rlarini yozadi. Lekin Hamid Olimjondek buyuk darg'aning, maslahatgo'y sirdoshning vafot etishi, shoirani katta sinovlar o'chog'i va hijronga tashladi. U barcha musibatlarni sabot bilan yengib, taqdirning zarbalariga bardoshli qalbini ulg'aytirdi. Shoira vafo ramzi bo'lib hurmat qozondi. Shoira ulug' Vatan urishi yillarida ham barakali ijod etgan. 1943-1944 yillarda Uni Farhor der edilar, Hijron kunlarida she'riy to'plamlarini nashr ettirgan. Shoira keng tanilgan jamoat arbobi ham edi. U Osiyo, Afrika va Evropaning ko'pgina davlatlarida bo'lib, xalqaro xotin-qizlar hamda adabiyot namoyondalarining harakatlarida faol ishtirok etdi. Yurtboshimiz I.Karimov ta'riflashicha: Uning jahon minbarlaridan yangragan she'rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she'riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan Shoira mamlakatimiz vakili sifatida Hindiston, Shiri-Lanka, Misr, Birma, Yaponiya, Avstraliya kabi mamalakatlarda bo'ldi. Hindiston taassurotlari asosida Mushoira she'ri dunyoga keldi. Zulfiyaxonimning serqirra ijodi munosib baholangan. O'zbekiston xalq shoirasi, Hamza nomidagi O'zbekiston davlat mukofoti sohibi bo'lgan. Shoiramizni jahon adabiy jamoatchiligi Javohirlal Neru nomidagi va xalqaro Nilufar mukofotiga munosib topdi. Bolgariya Respublikasi Kirill va Mifodiy nishonlari bilan taqdirladi. 1984-yilda Mehnat Qahramoni unvoni berilgan. Shoiraning Dalada bir kuni (1948), Tong qo'shig'i ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.43 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.43 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga