Angliyada Uyg'onish adabiyoti. Reja: Davr va adabiy muhit Angliya adabiyotida dramaning rivojlanishi Shekspirning buyuk tragediyalari Shekspir dramalari o'zbek sahnasida ADABIYOTLAR Sh.Normatova. Jahon adabiyoti. T., 2008. 2.U.Shekspir. Tanlangan asarlar. T., 2008. 3.O.Qayumov. Chet el adabiyoti tarixi. T., 1996. 4.Amerika dabiyoti asoslari. H Karomatov tarjimasi T. 2001. 5.Q.Do'stmuhammad. Nobel mukofatini olgan adiblar. T. Ma'nviyat 2004. Angliyada Uyg'onish davri boshqa Ovrupa mamlakatlariga qaraganda bir oz kechroq yuz bera boshladi. XV asrning oxiri 16 asrning boshlarida paydo bo'lgan Angliya Uyg'onish davri XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida o'zining eng yuqori bosqichiga ko'tarildi.Lekin Angliya Uyg'onish davri bir oz kechroq boshlangan bo'lishiga qaramay, boshqa Ovrupa mamlakatlariga qaraganda Angliyada u o'zining keng qamrovli ko'rinishiga ega bo'ldi. O'zaro urushlar va tez-tez ko'tarilib turgan dehkonlar qo'zg'oloni natijasida eski feodal jamiyat yemirila boshladi, ishlab chiqarish munosabatlari keng rivojlanish pallasiga kirib, hunardmandchilik va savdo sotiq avj ola boshladi, qisqasi kapital to'plash davri boshlandi. Genrix 8 Angliyani boshqara boshlagan davr 1509 dan boshlab, inglizlarning Rim papasiga qaramligi barham topadi. U tomonidan o'tkazilgan islohatlar Angliyada Uyg'onish davrining keng quloch yoyishiga ko'maklashgan edi. Shuningdek, Angliya Uyg'onish davrining tug'ilishiga bir oz Ovrupaning Uyg'onish davri oldinroq yuz bergan mamlakatlari gumanistlarining ta'siri ham katta bo'ldi, masalan, uzoq vaqt Angliyada yashagan Niderlandiya Uyg'onish davrining buyuk vakili Erazm Rotterdamskiyning ilg'or fikrlarining ta'siri beqiyos bo'lgan edi.Angliyada yuz bergan Uyg'onish davri jamiyatni tezkorlik bilan rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi, xalq o'zligin anglay boshladi. Madaniyat, jug'rofiy kashfiyotlar rivojlanishi va inson ongining o'rta asr diniy cherkov akidalaridan qutulishi borasida keng imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Mashhur materialist olim Frensis Bekon ilmiy tajribalariga suyangan holda ta'lim tarbiyani olib borish masalasini quyadi. Angliya madaniyati va adabiyotining yirik vakillari gumanizm g'oyalarini baland ko'tarib, o'zlarining asarlarida mehnatkashlar manfaatini himoya qilib chiqdilar.Ular qadimgi Yunon va Rim madaniyati, adabiyotining yutuqlaridan foydalanib, ularning hayotbahsh an'analarini oyoqqa turgazdilar. XIV asrning oxiridan boshlab rivojlana boshlagan Angliya gumanizmi XVI asrda va XVII asrning boshlarida o'zining eng yuqori bosqichini boshidan kechirdi. Angliya gumanizmining dastlabki yirik vakillaridan biri Djefri Choserdir 1340-1400. U savdogar oilasida tug'ilgan. U Italiya va Fransiya Uyg'onish davri vakillarining ijodidan keng bahramand bo'ladi,u qirol Eduard 3ga yaqin kishilardan bo'lib, u bilan birga harbiy yurishlarda va urushlarda ishtirok etadi. Choser ijodining dastlabki katta muvaffaqiyati uning «Gertsoginya haqida kitob» 1369 degan poemasida ko'rinadi. Bu lirik poemada o'rta asr nazmida hukm surgan eskicha aqidalarga rioya qilinmaydi va mazkur asarda Uyg'onishga xos bo'lgan insonparvarlik tuyg'ulari porlay boshlagan edi. Shoir unda o'z malikasining bevaqt olamdan ko'z yumishi bilan undan ajralib kolgan ritsarning alamlarini jo'shib kuylaydi. Shoir tasvir ...

Joylangan
05 Mar 2024 | 05:51:42
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.23 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Mar 2024 [ 05:51 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.23 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:52 ]
Arxiv ichida: docx