Ellinizm va Rim hukmronligi davri Yunon adabiyoti. Rim adabiyoti. Reja: Evripid ijodining sermahsulligi Shoir asarlarining xarakterli xususiyatlari Medeya tragediyasida aks ettirilgan voqealar Aristofan komediyalari Adabiyotlar 1.Sh.Normatova. Jahon adabiyoti. T., 2008. .Sulaymonova. Sharq va G'arb. T., 1997. 3.N.Komilov. Tafakkur karvonlari. T., 1997. 4.M.Sitseron. Maktublar. T., 1992. .Boynazarov. Jahon adabiyoti. T., 2006. Eramizdan oddingi II asrning kirishidan boshlab, dastavval Yunonistonning Sitsiliyadagi mustamlakalari, keyinroq Yunon tuprog'ining o'zi Makedoniya davlati va, nihoyat, Sharqdagi barcha ellinizm mamlakatlari birin-ketin Rim imperiyasiga taslim bo'ladilar. Yunonistonni zabt etgan Rim istilochilari yavgi mustamlakaning iqtisodiy boyliklari bilan bir qatorda uning bemisl madaniy boyliklaridan ham bahramand bo'ladilar. Harbiy sohada mag'lubiyatga uchragan Yunonlar o'zlarining yuksak ilm-fanlari, falsafa sohasidagi ulug' ta'limotlari san'at va adabiyot bobidagi yutuqlari bilan g'oliblarni maftun etadilar. Vatan mustaqilligiga xotima qo'yilgandan keyin, Yunon madaniyatining birmuncha atoqli zotlari o'zlarining vayron bo'lgan yurtlarini tashlab, Rimga ko'chib ketadilar va lotin xalqining ma'naviy ongini oshirish, uning madaniyatini yaratish ishiga juda katta hissa qo'shadilar. Masalan, uzoq yillar davomida Rimdagi ritorika, grammatika va falsafa ta'limotlariga faqatgina Yunonlar rahbarlik qiladilar; Rim tarixining juda ko'p sohalarini oydinlashtirgan kishilar ham mashhur Yunon muarrihlari Polibiy, Appian, Dion, Kassiy, Plutarx va boshqalar bo'lgan. Rim madaniyati arboblarining o'zlari ham zo'r berib Yunon falsafasi va adabiyotini targ'ib qiladilar. Yunoniston ilm-fanining o'chog'i - Afina shahriga borib tahsil ko'rish - o'qimishli har bir Rim kishisining orzusiga aylanadi. Biroq Rim davlatiga qaram bo'lib qolgan Yunon xalqining ahvoli, aksincha, tamomila og'irlashib ketadi. Rimliklar, garchi, Yunonlarning ichki ishlariga unchalik aralashmagan, shahar davlatlarining mustaqilligiga ortiqcha dahl qilmagan bo'lsalar ham, yerli aholi, ayniqsa, uning bechorahol tabaqalari mag'lubiyatning mudhish oqibatlarini tez kunda og'ir his qila boshlaydilar. Rim davlati o'zining hamma mustamlakalari singari Yunonistonga ham, asosan, daromad manbai deb qarar edi. Shu sababli istilochilar tomonidan tayinlangan ma'murlar yerli xalqni shafqatsiz ezib, mamlakat boyliklarini istaganlaricha talaydilar. Bosqinchilarning jabru jafosini faqatgina jamiyatning quyi tabaqalari tortadi. Mustamlakachilarga hayrixohlik ko'zi bilan qaragan davlatmand guruhlar esa ular bilan birgalashib o'z xalqlariga zulm o'tkazadilar. Bundan tashqari, eramizdan oldingi II asrning o'rtalarida Rim tuprog'ida boshlangan qonli ichki urushlar munosabati bilan Rim sarkardalari Yunon yoshlarini beto'xtov harbiy xizmatga safarbar qiladilar; Yunonistonning o'zida ham tez-tez qirg'in janglar bo'lib turadi. Mustamlakachilarning zulmidan qutulish maqsadida Yunon xalqi Rim hukmronligiga qarshi necha bora qo'zg'olon ko'taradi, biroq bu qo'zg'olonlar har safar shafqatsiz ravishda bostirilar, behad-behisob odamlar qatl etilar, katta-katta obod shaharlar yer bilan; yakson qilinar edi. Keti ko'rinmagan urushlar natijasida son-sanoqsiz odamlarning qirilishi, og'ir soliqlar yuki ostida deedon xo'jaligining vayron bo'lishi-mamlakat iqtisodini tamomila tanazzul yoqasiga keltirib qo'yadi. Ro'zg'orlari barbod bo'lgan dehqonlar tirikchilik o'tkazish maqsadida gala-gala ...

Joylangan
05 Mar 2024 | 05:51:42
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.32 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Mar 2024 [ 05:51 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.32 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:02 ]
Arxiv ichida: docx