Fransua Rable (1494-1553)

Fransua Rable (1494-1553)

O'quvchilarga / Adabiyot
Fransua Rable (1494-1553) - rasmi

Material tavsifi

FRANSUA RABLE (1494-1553) fransuz Uyg'onish davri adabiyotining eng ulkan namoyondalaridan biridir. Fransua Rablening ijodi Uyg'onish davrining boshqa vakillari ijodidan tubdan farq qiladi. U o'zidan oldingi uzoq davrlar fransuz adabiyoti va madaniyatining aloqa iplarini Uyg'onish davri madaniyati va adabiyoti taraqqiyoti bilan mahkam bog'langan san'atkordir. Rablening qudratli va sexrli qalamiga mansub bo'lgan yangi nasrning fransuz adabiyotida tug'ilishi butun Ovro'pa adabiyotida romanchilik janrini boshlab berdi. Uyg'onish davrining va undan keyingi asarlarining ham yozuvchilari F.Rable ijodidan katta bahramand bo'ldilar. Fransua Rable 1494-yil 4-fevralda Shinon yaqinida dunyoga kelgan. Uning asarlarida Shinon atrof-muhitining tabiati juda qiyomiga yetkazib tasvirlanishidan ham Rablening bolaligi Ven daryosining qirg'og'i bo'ylarida o'tganligiga kitobxon zarracha shubha qilmaydi. Umuman, Rable tug'ilgan Luara vodiysidan yana Ransa, Dyu Belle, Obine kabi fransuz Uyg'onish davrining yirik vakillari ham yetishib chiqqanligini hisobga olsak, bu vodiy fransuz Renessansining beshigi bo'lganligiga zarracha shubha qilmasa ham bo'ladi. 1510-yilda Rable monastirga xizmatga kiradi va turli tillarini o'rganishga kirishadi.Rablening La Bomett i Fontan le Kont bilan hamkorlikda tashkil etgan adabiy to'garagiga Tirako, Amori Bushar kabi huquqshunos va faylasuvlar ham kelib qo'shiladi. Ular bu to'garakda Fransiya Uyg'onish davri gumanizmi yo'nalishlariga asos solgan edilar. 1530-yildan boshlab Tibbiyot ilmini chuqur o'rgana boshlagan Rable ko'p odamlarning hayotini vrach sifatida qutqarib qoladi, kasalxonalarda ishlaydi, tibbiyot doktori degan darajani oladi. Rable juda ko'p mamlakatlarda bo'lib, turli toifadagi insonlar hayotini chuqur o'rganadi. Rable bir necha yil Parijda yashab fransuz qiroli Frantsisk huzurida xizmat qiladi, lekin tezda bu yerdan ketdi, u hayotining keyingi pallalarida ruhoniylikdan voz kechib ijod bilan shug'ullanadi, diniy tortishuvlarning avj olib ketishi va insonparvar kishilarning ko'plari Fransiyadan quvg'in qilina boshlaganida Rable ham vatanidan ketishga va vaqtincha chet ellarda istiqomat qilishga tug'ri keladi. Rablening nomini jahonga mashhur qilgan eng buyuk asari «Gargantyua va Pantagryual» romanidir. Roman besh kitobdan iborat bo'lib, uning birinchisi 1533-yilda, ikkinchisi 1534-yilda, uchinchi kitobi 1546-yilda, to'rtinchi qismi-1552 yilda va romanning so'ngi kitobi 1564-yilda yozuvchi vafotidan so'ng nashr qilingan. «Kitobimni ochingiz va unda bayon qilingan voqealar haqida yaxshilab o'ylab ko'ringiz, -deb yozgan edi F.Rable. Shunday qilsangiz, tushunasiz asarning sarlavhasini o'qish bilan unda be'mani narsalar bayon etilar ekan, degan xayolga kelish mumkin, lekin aslo bunday emas, siz mutloq isxona berishingiz mumkinki, uni o'qish natijasida ham jasoratli, ham dono bo'lasiz, chunki mening kitobimda butunlay boshqacha yo'sindagi rux va qandaydir faqat yuksak didli kishilarga tushunarli bo'ladigan ta'limotni ko'rasizki, bu esa sizga bizning din, xuddi shu kabi siyosatimiz ro'zg'orshunoslikka doir o'ta maxfiy va dahshatli sirlarni ochib beradi. O.Qayumov tarjimasi Haqiqatan ham Rablening mazkur romani qattiq hazil, kulgi mutoyibalar, nozik kinoyalarga juda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.22 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.22 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga