Markaziy Osiyo va Qozogiston xalqlari adabiyoti Reja: MDH xalqlarining adabiyotining maqsad va vazifalari. Tojik va Turkman adabiyotining yirik vakillari. Qozoq va Qirg'iz, Qoraqalpoq adabiyotining ko'p qirraliligi. Adabiyotlar: 1. Maxtumquli. Saylanma. T., 2008. .Rashidov. Ch.Aytmatovning badiiy olami. T., 2008. .Uzoqov. MDH adabiyoti. T., 2008. 4. N.Xisrav. Safarnoma. T., 2005. 5. Sa'diy. Bo'ston. T., 2009. Qadimdan Markaziy Osiyo va Qoog'iston tuprog'ida yashab kelayotgan o'zbek, tojik, turkman, qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq xalqlari adabiyotni o'z ichiga olgan mazkur guruh iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotidagi umumiylikdan tashqari, jo'g'rofiy yaxlitlikka ega. Markaziy Osiyo va Qozog'iston xalqlari adabiyotining bir necha xususiyati bor. Avvalo, mazkur xlqlar katta manbaga ega bo'lgan va keyinchalik yozma adabiyotning rivojiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir etgan xalq og'zaki ijodiga ega. Ikkinchidan, o'tmishda va hozir ham nasrdan ko'ra nazm adabiyotda yetakchi mavqe egallagan. Shu sababdan nazm va nasr o'zaro uyqash bo'lib ketgan. Uchinchidan, bu adabiyotlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va aloqa ko'p yillik tarixga ega. Ulug' fors-tojik adabiyoti namoyondalari Abulqosim Firdavsiy, Umar Xayyom, Hofiz Sheroziy, Sa'diylarning ijodi O'rta Osiyo xalqlarining boyligi sanaladi. Yoxud, ulug' xalqlar adiblari uchun katta ijod maktabidir. Birgina Gulxaniy, Maxmur, Sadriddin ayniy, Hamza Hakimzoda Niyoziylar fors-tojik va o'zbek tillarida baravar qalam tebratishgan. Sho'ro hukumati o'z tayziqini o'rnatgach, mazkur xalqlarning azaldan shakllanib kelgan an'ana va qadriyatlarga ancha putur yetdi. Mazkur xalqlar adabiyotiga realizm tamoyili va demokratik tendentsiyalar majburlab kiritildi. Aslida sho'roviyy realizm va insonparvarlik yolg'on, soxta, ko'zbo'yamachilikdan boshqa narsa emasdi. Sho'ro hukumati bu xalqlar adabiyotiga «shakllangan milliy, mazmunan sotsialistik» tus berdi. Ayni shu mayoq ostida Hamza, Ayniy, Oybek, Mirzo Tursunzoda, Muxtor Avezov, Sobit Muqanov, Berdi Kerboboev kabi ijodkorlar «Qullar», «Qutlug' qon», «Alisher Navoiy», «Abay yo'li», «Dadil qadam», «Bo'ta ko'z» singari asarlarini yozishdi. Yana bir jihatga to'xtalish jioz. Ulug' «og'a»larimiz ijodiga hamohang tarzda asarlar yozish an'ana darajasiga yetdi. Masalan, V.Mayakovskiy zinapoya shaklidagi she'rlariga taqlidan G'afur G'ulom ham «Turksib yo'llarida» she'rini yozgan edi. Undan keyin Hamid Olimjon shu yo'nalishda bir necha she'rlar yozgan. Sho'ro imperiyasi barham topgach, xamdo'stlik mamlakatlari birin-ketin mustaqillikka erishdi. Ular faqat iqtisodiy-siyosiy jihatdan emas, ma'naviy-ma'rifiy jihatdan ham mustaqil bo'ldi. O'z-o'zidan adabiyotda ham yangi yo'nalishlar, g'oya va maslaklar asta-sekin ifodasini topa boshladi. ...

Joylangan
05 Mar 2024 | 05:51:42
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.28 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Mar 2024 [ 05:51 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.28 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: docx