MIGEL DE SERVANTES SAAVEDRA (1547-1616) Faqatgina Ispaniya Uyg'onish davrining eng yuksak chuqqisi emas, balki umumjahon adabiyotining buyuk yozuvchisidir. «Don Kixot» asari Shekspir asarlari bilan qamoxanglikda umumjahon Uyg'onish davrining eng buyuk asarlari hisoblanadi. Umuman, Servantes ijodi insoniyat aqliy zakovatining yangi davrga qo'ygan ulkan qadami edi. V.Belinskiy Servantesning «Don Kixot» romani bilan badiiy adabiyot, umuman jahon adabiyoti tarixida yangi zamon boshlanganligini aytib, «U romanning ideal yo'nalishiga qat'iy zarba berdi va uni boqelik tomon burdi» deb o'rta asr oldi-qochdi ritsar romanlaridan «Don Kixot» o'zining hayotni haqqoniy tasvirlashi bilan ajralib turishini ko'rsatgan edi. Servantes Alkala de Enarss shaharchasida tabib oilasida dunyoga kelgan, 1561-yilda ularning oilasi madridga kuchdi va u yerda o'qishini davom ettirib, dorilfununni tamomlaydi. Servantes harbiy xizmat chog'ida Lepanto yaqinidagi turklarga qarshi urushda qatnashib uch yeridan o'q yeydi. U harbiydan bo'shagandan so'ng, adabiy faoliyat bilan shug'ullanadi va Filipp 2 ning xotini vafotigacha bag'ishlangan sonetlarini yozish bilan ijodini boshlaydi. 1575-yilning sentyabrida u ukasi Rodriga bilan qaroqchilar qo'liga tushib qolib jazoirga olib ketiladi va uning ota-onasi 1580-yil 19-sentyabrdagina uni asirlikdan qutqarib olishga muvaffaq bo'ladi. Shundan sung u Portugaliyaga boradi, lekin u yerda ham omadi kelmay 1584-yilda Madridga qaytib kelib Katalina ismli qizga o'ylanadi, va otasi o'lgach (1585) oila boshlig'i bo'lib qoladi.U soliq yiguvchi bo'lib ishlab yurganda tuhmat natijasida boshqa bir jinoyatchining o'rniga qamoqqa tushadi, u to'plangan g'allani notug'ri sarflashda ayblangan edi. Shunday qilib, u ust-ustiga 1592, 1597, 1602 yillarda ehtiyotsizligi va boshqalarning aybi bilan uch marta qamaladi. Lekin tezda u uchinchi bor qamoqqa olinganida ozodlikka chiqib, 1604-yilda qirolikning yangi poytaxti Valyadolidga ko'chib keladi. Shekspir boshiga ana shunday alg'ov-dalg'ov musibatlar tushganida o'zining mashxur romani «Don Kixot» ning birinchi kismi bosmadan chikdi. Servantesning «Ibratli novellalar» (1613) hikoyalar to'plami, «Parnasga sayohat» (1614) poemasi, 1615-yilda esa «Sakkiz komediya va sakkiz intermediya» nomli pesalar to'plami ham nashr qilinadi. Servantesning «Don Kixot» romani va yuqorida qayd etilgan boshqa poema, hikoyalari yozuvchining harbiy xizmat davrida, tutqinlikda, qamoqda va ko'p muhtojliklarni boshidan kechirgan kishining to'plagan hayoti tajribalari asosida maydonga kelganligi uchun ham nihoyatda hayotiy va badiiy jihatdan pishiq asarlar bo'lib qolgan. Servantesning «Don Kixot» romani o'rta asr oldi-qochdi ritsar romanlariga qarshi parodiya shaklida yozilgan. Servantes bu asari bilan ritsar romanchiligining «Qulay deb turgan iste'qomini ag'darish»ni maqsad qilib qo'ygan edi. Roman ancha murakkab syujetga ega bo'lib, unda faqatgina o'rta asr ritsarlik hayoti fosh qilibgina qolmay, balki yozuvchi o'zi yashab turgan davrning ham birga yaramas illatlarini ham achchiq satira ostiga oladi, umuman olganda asarda feodal urf-odatlariga qAQSHatqich zarba berilgan. Umuman, Don Kixot obrazi hayotdan, halqdan ...

Joylangan
05 Mar 2024 | 05:51:42
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.76 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Mar 2024 [ 05:51 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.76 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: docx