Turkiy xalqlar adabiyoti

Turkiy xalqlar adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Turkiy xalqlar adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA o'rta MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ALIShYeR NAVOIY NOMIDAGI SAMARKAND DAVLAT UNIVYeRSITYeTI Absamiev Xamid TURKIY xalqLAR ADABIYoTI o'quv qo'llanma SAMARKAND - 2004 Absamiev Xamid. Turkiy xalqlar adabiyoti. o'quv qo'llanma. - SamarKand: SamDU nashri, 2004. bet. Masul muharrir: filologiya fanlari doktori, professor S.Z. Mirzaev TaKrizchilar: filologiya fanlari doktori, professor I.SuvonKulov filologiya fanlari doktori, dotsent K.Usmonov Alisher Navoiy nomidagi SamarKand davlat universiteti, 2004. so'z BOShI Respublikamiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalarda ulkan o'zgarishlar yuz berayapti. Yurtimizning Kadimiy qadriyatlari qayta tiklanmoKda, diniy-ma'rifiy va jadid adabiyoti vakillarining asarlari yangidan nashr Kilindi. Bu asarlar chuqur o'rganish uchun adabiyot o'qitish dasturlariga kiritildi. Respublikamizning jahondagi boshqa mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari mustahkamlanib, kengayib bormoKda. qisqasi, yurtimiz xar tomonlama jahonga chiqish uchun intilmoKda. Bu ayniqsa, oliy ta'lim sohasida xam kuzga yaKKol tashlanmoKda. Oliy o'quv yurtining o'quv rejalariga hozirgi davr talablaridan kelib chiKadigan fanlar kiritilmoKda. Ana shunday fanlardan biri «Turkiy xalqlar adabiyoti» fani bo'lib, u 200-2001 o'quv yilidan boshlab adabiyot o'qitish dasturlariga kiritilgan. Bu fanni o'qitishdan asosiy maqsad turkiy xalqlar o'rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, ularning o'zaro totuvligini yanada mustahkamlashdan iboratdir. Asli kelib chiqishi bir bo'lgan bu xalqlar adabiyotini Kiyosiy-tipologik tahlil qilish hozirgi adabiyotshunosligimizning eng dolzarb masalalaridan biridir. Adabiyot xalqlar o'rtasidagi dustlik elchisi ekanligini hisobga olib, biz ushbu ishimizda turkiy xalqlar adabiyoti tarixidagi mushtarak va farqli tomonlarni aniKlashga harakat Kildik. Malumki, turkiy xalqlar adabiyotining bir Kismi sobiq shuro davrida xam urganildi. Lekin unda asosan shuro hukumati tarkibiga kirgan turkiy xalqlar adabiyoti sinfiy nuqtai nazaridan uKitilar edi. Bugungi kunda esa bizga bu adabiyotni qanday bulsa, shundayligicha to'g'ri, xaKKoniy o'rganishga imkon yaratildi. Shundan kelib chiKib, biz mazkur ishimizda o'zbek adabiyotshunosligida avval kam urganilgan yoki umuman urganilmagan turkiy xalqlar adabiyoti haqida kuproK ma'lumot berishga harakat Kildik. Tekshirishlar natijasida biz turkiy xalqlar adabiyotining og'zaki ijodi va qadimgi davri bir-biri bilan ko'p tomonlama juda yaqin ekanligining guvoxi buldik. Turkiy xalqlar adabiyotini o'qitishning yana bir vazifasi talabalarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, ularni shu ruxda tarbiyalash xam hisoblanadi. Ana shu maqsadda ushbu risolada mashxur adiblar ijodi va ularning asarlaridan ayrim namunalar xam keltirildi. «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma'naviyati orqali bilamiz», - degan edi prezidentimiz I.Karimov. Turkiy xalqlar adabiyotini o'rganish ularning ma'naviyati, madaniyatini o'rganish demakdir. Bu esa istiqlol mafkurasining shakllanishiga katta xissa bo'lib Kushiladi. Turkiy xalqlar adabiyotidan darslik, qo'llanmalar yaratishga ilk urinishlardan biri bo'lgan bu ishda kamchiliklar bo'lishi tabiiy. Bu xaKda xolis fikr bildiruvchilarga o'z minnatdorchiligimizni izxor Kilamiz. qadimgi TURKIY OBIDALAR Reja: 1.Turkiy xalqlar adabiyoti fanining predmeti va vazifasi. 2.Barcha turk xalqlariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 349.52 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 349.52 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga