TURKMAN ADABIYOTI Turkman xalqi O'rta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan turkiy tilda so'zlashuvchi xalqlardan birijir. Ochig'ini tan olish kerakki, turkman xalqi o'z milliy sofligini milliy adabiyoti va madaniyatini saqlab qolgan. Turkman xalq og'zaki ijodi miloddan avvalgi asrlardan to hozirgacha mazkur xalqning hayotidan ma'lumot beruvchi asosiy manbadir. Xalq og'zaki ijodida ertak, ashula, qo'shiq va doston janrlari keng tarqalgan. Xalq dostonlarining bir qismi Sharq klassik adabiyoti asarlari va diniy kitoblar («Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayho»), mazmunini qamrab olgan bo'lsa, bir qismi uchun ertak va rivoyatlarning syujetlari asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. («Shabnam va G'arib», «Zuhro va Tohir», «Asli va Karam»). «Go'ro'g'li» siklidagi dostonlar alohida o'rin tutadi. Unda hikoya qilinishicha, qadim zamonlarda Chambil mamlakatining hokimi Jig'alibek qarigan chog'ida hokimiyatni o'zining sevimli o'g'li Adibekka topshiradi. Adibekning xotini farzand ko'rishi oldidan vafot etadi. Tez ora adibek ham dunyodan o'tadi. Ko'p o'tma bir cho'pon Adibekning otasi Jig'alibekka podadagi echkilardan biri kunda qabristonga borib, u yerda nimanigdir bolasini emizib qaytishini xabar qildi. Tekshirib ko'rsalar, echki Adibekning xotini qabridagi bir o'g'il bolani emizib kelarkan. Go'rda tug'ilgan bu bolaga birovlar Ravshan, boshqalar Go'ro'g'li deb nom qo'ydilar. Yoshlikdan bu bola sog'lom, sho'x bo'lib o'sadi. Oradan bir qancha vaqt o'tib, u bobosi bilan Xunxor nomli podsho saroyida yashab yurgan paytlarida Jig'alibekka yaxshi toy tanlashni buyuradi. Jig'alibek ko'rimsizgina, nimjon toyni tanlaydi. Jahli chiqqan podsho Jig'alibekning ikki ko'zini o'yib oladi. Bobosi tanlagan G'irotni parvarishlab, Go'ro'g'li yurtiga qaytadi.tez orada amakasining o'rniga hokim bo'ladi. Xalq dostonlarida Go'ro'g'li hamma vaqt adolatli, dono hukmdor tarzida tasvirlanadi. U ko'p yurishlarda, janglarda mardlik, qahramonlik ko'rsatadi. «Go'ro'g'li» dostonlari qisman sha'riy, qisman nasriy usulda yaratilgan. Yozma adabiyot XI-XII asrlarda dastlab Ahmad Yassaviy va Ali singari shoirlarning ijodi ta'sirida turkiy (chig'atoy) tilida yuzaga keldi. XIV asrda turkman yozma adabiyotining yirik vakillari Burhoniddin Sivosiy va Imoniddin Nasimiylar yashab ijod etdilar. Agar Sivosiy birinchi bo'lib aruz vazinini she'riyatga olib kirgn bo'lsa, Nasimiy o'zining tasavvufiy she'rlari bilan haqiqatni aytishga harakat qildi. turkman adabiyotining dastlabki bosqichlarida nasihatgo'ylik motivi yetakchilik qilardi. Keyinchalik Ozodiy, Maxtumquli, Mullo Napas kabi shoirlar mavzuni dvom ettirishdi. XVII-XIX asrlar turkman adabiyotining eng taraqqiy etgan davri hisoblanadi. Bu davrning mashhur vakili Nurmuhammad G'arib Andalib Alisher Navoiyning ana'analarini saqlagan holda «Layli va Majnun» dostonini yozadi. Nasr bilan nazmni vobasta etgan mazkur doston shoir vafotidan so'ng og'izdan-og'izga ko'chib, xalq orasida keng tarqaldi. Andalibning zamondoshi Mamatsayid Ozodiy «Va'zi Ozodiy» asraida turkman va fors-tojik tillarida ajoyib asarlar yaratgan bo'lsa, Maxtumquli o'zining bir-biridan go'zal she'rlari biln turkman adabiyotini yuqori cho'qqiga olib chiqdi. Xivadagi Sherg'ozixon madrasasida tahsil olgan Maxtumquli Sharq ...

Joylangan
05 Mar 2024 | 05:51:42
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
11.21 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Mar 2024 [ 05:51 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
11.21 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:43 ]
Arxiv ichida: docx