Ukrain adabiyoti

Ukrain adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Ukrain adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

UKRAIN ADABIYOTI XI-XII asrlardayoq juda boy og'zaki ijod asarlariga va yozma yodgorliklarga ega bo'lgan qadimgi rus adabiyoti ukraina adabiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Ukrain shoirlari T.Shevchenko, I.Franko, S.Rudamskiy, P.Mirniy, M.Rilskiy, N.Zabilalarning xususan, «Igor jangnomasiga» qiziqishlari kuchli edi. Ular bu yodgorliklarni ukrain tiliga tarjima qilganlar. Ukrain adabiyoti tarixi XIV-XV asrlarda ukrain xalqining Sharqiy slavyanlardan ajralib chiqib, shakllanish davridan boshlanadi. Xalq ratgan qo'shiq, ertak, duma (katta hajmdagi epik va liroepik), latifa va rivoyatlarda ommaning asrlar davomidagi orzu-umidlari, bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashlari o'z aksini topgan. «Tutqunlar», «Ivan Boguslovets», «Xmelnitskiy ta Barabash» dumalari shular jumlasidandir. Ukrain xalqining XIV-XV asrlarda boshlagan milliy tili va madaniyatini yuzaga keltirishdagi urinishlari polyak shlyaxtalari qarshiligiga uchradi. Natijada XVI-XVII asrlarda munozaraviy adabiyot (polemicheskaya literatura) paydo bo'lib, Ivan Vishinskiy, Mixail Andrelalar ushbu yo'nalishda ijod qilishdi. Munozaraviy adabiyot bilan hamohang tarzda maktab adabiyoti (shkolnaya literatura) ham shakllandi. Ukrain xalqining 1648-1654-yillarda polyak panlariga qarshi olib borgan kurashi Ukrainaning Rossiya bilan birlashuviga olib keldi. E.Slavinetskiy, S.Polotskiy, F.Prokopovich kabi ukrain shoirlari Moskvaga qo'chib ketishdi. Ukrain adabiyotining XVII asr ikkinchi yarmidagi ulkan arboblaridan biri Grigoriy Skovoroda edi. O'z zamonasining o'qimishli faylasufi bo'lgan Grigoriy maktab adabiyotiga qarshi chiqib, masal janrini ukrain adabiyotiga olib kirdi. Uning «Xarkov masali» asari 30 ta masalni o'z ichiga olib, xalqning manfaatlarini himoya qildi. undan keyin bu janrni I.Kotlyarevskiy, G.Kvitka-Osnovyanenkolar davom ettirishdi. I.Kotlyarevskiyning «Natalka-Poltavka» asari yangi ukrain dramaturgiyasinri boshlab bergan ilk qaldirg'och edi. XIX asrning birinchi yangi ukrain adabiyotining shakllanishida yangi davr bo'ldi. Taras Grigorevich Shevchenkoning ijodi adabiyotining yorqin sahifalarini tashkil qiladi. N.Dobrolyubov ta'biri bilan aytganda, «Shevchenko suyak-suyagi bilan xalq shoiri edi». XIX asrning 50-60-yillarida ukrain adabiyoti ravnaqiga Marko Vovchok alohida hissa qo'shdi. «Xalq hikoyalari», «Rus xalqi hayotidan hikoyalar», «Uch taqdir» asarlarida u o'zining ijodiy salohiyatini ko'rsata oldi. Sekin asta-adabiyot olamiga kirib kelgan Ivan Franko «Cho'qqilar va tubanliklar», «Vesnyanka», «Quyosh qizitmoqda», «So'lg'in yaproqlar», «Pan hazillari,» «Ivan Vishenskiy», «Muso», «Ko'mirchi», «Lesixin oilasi», «Borislav», «Ikki do'st», «Rusalka», «O'zi aybdor», «O'g'irlangan baxt», «O'qituvchi», Mixail Kotsyubinskiy «Fata Morgana», «Kulgi», «Yo'lda», «Otlar aybdor emas», «Persona Grata», Lesya Ukrainka «qanotli qo'shiqlar», «Orzu va xayollar», «Aks-sado», «Robet Bryus», «Qadimgi ertak» asarlarini chop etishdi. XX asrning 20-yillaridan to 50-yillarigacha A.Golovko, Ivan Le, Yu.Smolich, A.Kopilenko, Yu.Yanovskiy, O.Vishnya, A.Shiyan, L.Smilyanskiy, N.Ribak, V.Kucher, S.Tudor, Ya.Golan, P.Kozlanyuk, A.Desyak, O.Gonchar, I.Muratov, M.Stelmaxlar turli mavzularda ijod etib, ijtimoiy hayotni realroq tasvirlashga harakat qiladilar. Ukraina dramaturgiyasi «Diktatura», «Eskadra haloqati», «Bogdan Xmelnitskiy», «Platon Krechet», «Svichka to'yi», «Front», «Makar Dubrava», «Ukraina cho'llarida», «Tongdagi muhabbat», «Abadiy birga», «Faust va o'lim» asarlari bilan eng yuqori pog'onaga chiqdi. Mazkur asarlarning ko'pchiligi boshqa tillarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.4 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.4 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga