XIX-asr oxiri va XX-asr boshlari adabiyoti

XIX-asr oxiri va XX-asr boshlari adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
XIX-asr oxiri va XX-asr boshlari adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

XIX asr oxiri va XX asr boshlari adabiyoti Reja: 1. Tanqidiy realizm va adabiy oqimlar. 2. Emil Zolya va Gi de Mopassan ijodi. 3. XIX asrning oxirgi choragi Parij Kommunasining olamshumul shuhrati bilan boshlanganligi. Adabiyotlar: .Boynazarov. Jahon adabiyoti. T., 2006. 2.E.Zolya. Hamal. T., 2003. 3.Gi de Mopassan. Azizim, Hayot. T., 1993. 4.Sh.Normatova. Jahon adabiyoti. T., 2008. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida sinfiy ziddiyatlar kuchaya boshlandi. Eng yangi davr chet el adabiyotidagi adabiy oqim - tanqidiy realizm sanaladi. Bu oqim Stendal, Balzak, Dikkens va boshqa adiblarning asarlarida o'z aksini topdi. Zolya, Mopassan va Frans (Fransiya), Gardi, Shou, Uells, (Angliya), G.Mann, T.Mann (Germaniya), M.Tven va J.London (Amerika Qo'shma Shtatlari) dandir. Emil Zolya 1840-1902-yillarda yashab ijod etdi. Yozuvchi Ninon ertaklari, Klotning tavbasi, Marsel sirlari va boshqa romanlarni yaratdi. Tereza Raken asarining muqaddimasida Zolya o'zining ilmiy romanlarida xarakterlarni emas, balki tiperamentlarni o'rganish haqida so'z yuritadi. Naturalizm adabiyoti Zolyaning eksperimental roman Romanist naturalistlar, Naturlizm teatri maqolalarida to'la bayon qilingan. Zolya hayotining so'nggi yillarida yangi seriyadagi romanlari Uch shahar trilogiyasi va To'rt injil shaklidagi asarlarni yaratdi. Yozuvchining Rugon Makkarlar romani 20 ta qismdan iborat. Bir oila misolida qon va muhit masalalarini tekshirish, Davlat tuntarishidan boshlab, hozirgi kungacha bo'lgan butun imperiya hayotini tasvirlash masalalarini qo'ydi. Zolya Rugonlar mansabi romanida bir kichik shahardagi hayot misolida ikkinchi imperiya tartiblariga qarshi kurashlarni aks ettiradi. Gi de Mopassan 1856-1893-yillar yashab ijod etdi. Mopassan Normandiyada kambag'allashib qolgan eski dvoryan urug'iga mansub oilada tug'ilgan. Mopassan juda yoshligidan she'r va hikoyalar yozishga kirishgan. Nozik ditli onasi ulug' yozuvchi Flover uning ijodi bilan qiziqqan. Mopassan ilk asarlarini nashr qildirishga shoshilmagan. Uning Do'ndiq hikoyasi Mopassan ijodining ikkinchi davri boshlanganligini ko'rsatadi. Mopassanning Hayot, Azizim romanlari yozuvchi ijodining ma'rifatchilik g'oyalari tasvirlanganligi bilan xarakterlanadi. Mopassan ijodiga Turgenev, Tolstoy, Chexov va boshqa yozuvchilar yuksak baho berganlar. Fransuz ishchilar sinfining adabiyotda inqilobiy ruhda aks etishi yuzaga keldi. Parij kommunasi o'z ichidan proletariatning istak orzularini ifodalagan Ejen Pote, Luiza Mishel, Lion Kladel kabi shoir va yozuvchilarni yetkazib chiqardi. Parij kommunasi adabiyotida sharafli o'rinni egallagan san'atkorlardan biri Ejen Potedir. 1816-1887-yillar Fransiyada yashab ijod etgan. Internatsional qo'shig'i Yevropaning barcha tillariga va boshqa tillarga tarjima qilingan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.37 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.37 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga