. XOJA AHMAD YASSAVIY (1041-1167 ) O'n birinchi asrning yakuni - o'n ikkinchi asrning boshida Xurosonu Movarounnahr zaminida paydo bo'lgan ilk tasavvufiy tariqatlardan birining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy 1041 yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan. Uning vafot etgan vaqti ko'pgina qo'lyozma manbalarda hijriy 562 (116667) yil deb yozilgan. Ahmad Yassaviy o'zi tug'ilgan yurtini ,,Ul muborak Turkiston'' deb tilga oladi. U ota-onadan juda erta yetim qoladi.Otasi shayx Ibrohim vafot etgach, u bobosi Arslonbobo qo'lida qoladi va dastlabki tasavvufiy ta'limotni Yassida Arslonbobodan oladi. Ma'lum vaqt o'tib ustozining ko'rsatmasi bilan Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniydan ta'lim oladi. Xoja Yusuf rahnamoligida tasavvuf siru sinoatlarini o'rganib, so'ng ona yurti Turkistonga qaytadi va ko'p vaqt o'tmay o'zi kshf etgan talabu mezonlar asosida shogird, muridlar tayyorlay boshlaydi. Ahmad Yassaviyning ota-bobolari silsilasi Muhammad Xanafiyga borib taqaladi. . Yassaviy madaniyatimiz tarixida ilk turkiyzabon mutasavvuf shoir sifatida ham o'zining buyuk izini qoldirgan. Uning turkiy tilda yozilgan tasavvufni targ'ib etuvchi she'riy hikmatlari tilining xalqchilligi, ohangdorligi bilan tezda mashhur bo'lib ketdi.Alisher Navoiy iborasi bilan aytganda, Turkiston mulkining ulug' Shayx-ul-mashoyixi hazrati Xoja Ahmad Yassaviy juda ko'p mutasavvuf donishmandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Yassaviya tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo'lmish Hikmatda mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning ajoyib namunasi bo'lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko'rsatgan hikmatli she'rlar Yassaviya ta'limotidagi poklik, halollik, to'g'rilik, mehr-shafqat, pesxona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Olloh taolo visoliga yetishish yo'lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg'or umuminsoniy qadriyatlarni ifoda etadi. Xoja Ahmad Yassaviy nafaqat Xuroson va Mavorounnahrda,balki butun islom olamidagi eng yuksak maqomli so'fiylik tariqatlaridan biri - Yassaviyaning asoschisidir.Shu bilan birga u turkiyzabon xalqlarning ma'naviy,ijtimoiy dunyoqarasiga ta'sir ko'rsatgan piri komil, buyuk Konfutsiy darajasidagi donishmand, insonparvar shoir sifatida tarixda qoldi. ALISHER NAVOIYNING 'NASOYIMUL-MUHABBAT' ASARIDAN: XOJA AHMAD YASSAVIY Xoja Ahmad Yassaviy - Turkiston mulkining shayxulmasho-yixidur.Maqomoti oily va mashhur,karomoti matavoliy va nomah-sur ermish.Murid va ashob g'oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning ashobidindur.Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy bila suhbat tutubtur va Xoja Abdulloh Barqiy (Baraqiy) va Xoja Hasan Andaqiy (Ondoqiy) bilaki Imom Yusuf Hamadoniyning muridlaridurlar,ammo har qaysi biyik marotibg'a etibturlar,musohib bo'lubturlar va ro'zg'or mashoyixidin ko'p buzurgvorlar aning tarbiyatin topibturlar va Shayx Raziuddin Aliyi Lolo Shayxu buzurgvor Shayx Najmiddin Kubro xizmatig'a yetardin burun Xoja Ahmad Yassaviy xizmatida bo'lub erdi va aning xonaqohida aning irshodi bila suluk qilibtur. Va aning (Xoja Ahmad Yassaviyning) mozori Turkistonda Yassi degan yerdaki,aning mavlid va manshaidur voqe' bo'lubtur va Turkiston ahlining qiblai duosidur. FAXRUDDIN ALI SAFIYNING ...

Joylangan
05 Mar 2024 | 05:51:42
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
92.63 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Mar 2024 [ 05:51 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
92.63 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:47 ]
Arxiv ichida: docx