XX-asr boshlarida Amerika adabiyoti

XX-asr boshlarida Amerika adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
XX-asr boshlarida Amerika adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

XX asr boshlarida Amerika adabiyoti. Reja: Amerika adabiyotida davr ziddiyatlarining aks etishi. Mark Tven, Jek London ijodi. Teodor Drayzer va Ernest Heminguey ijodining ahamiyati. Adabiyotlar: .Boynazarov. Jahon adabiyoti. T., 2006. 2.J.London. Marten Iden. T., 2003. 3.E.Heminguey. Chol va dengiz. T., 2006. 4.Sh.Normatova. Jahon adabiyoti. T., 2008. XX asr boshlariga kelib, Amerika ijtimoiy hayotida katta o'zgarishlar ro'y berdi. Amerikaning o'ziga xos taraqqiyot yo'li bor. U yerda hamma uchun borabar imkoniyatlar mavjud. Adabiy taxallusi Mark Tven bo'lgan Semyuel Lengxorn Klemens Amerika demoktarik adabiyotining yirik vakili bo'lgan. Mark Tven Missisipi daryosida kemada ishlaydi. Ushbu laqabni olishi ham shu davrga to'g'ri keladi (ikki dengiz o'lchovi-yo'l yaxshi, degan ma'noni bildirar edi). Yozuvchining Xitoylikning xati, Kalaverasidan chiqqan mashhur sakrab yuruvchi qurbaqa, Tennesiyada jurnalistika kabi yumoristik hikoyalar yaratgan. Mark Tven tarixiy mavzudagi romanlardan biri Shahzoda va gado yaratdi. Yozuvchining Qirol Artur saroyidagi Konnektikutlik Yanki tarixiy fantastik roman yozdi. Amerika realistik hayotining mashhur vakillaridan biri Jek Londondir. J.London 1876-1916-yillar yashab ijod etdi. J.London ijodi shimol hayotidan olib yozilgan Yo'ldagilar sharafi uchun, Oq sukunat, Bo'rivachcha, Qirq mil narida va boshqa hikoyalarni yaratdi. J.London Martin Iden romanida xalq ichidan chiqqan qahramonning aqliy va jismoniy jihatdan kuchli bo'lgan matros yigit Martin Iden tasvirlanadi. Martin Iden badavlat Morzlar saroyida tasodifan bo'lgan vaqtda dastlab shoshib qoladi. Iden Morzning xotini tamagir bir ayol ekanligining shohidi bo'ladi. Teodor Drayzer 1871-1945-yillar XX asrning birinchi yarmi Amerika adabiyotining yirik yozuvchisi bo'ldi. Drayzer Baxti qaro Kerri romanining qahramoni kambag'al fermer qizi Korolina Miberni bo'lgan. Yozuvchining Jenni Gerxard, Istak trilogiyasi va boshqa asarlari jahon tillariga tarjima qilingan. Ernest Heminguey ijodining ahamiyati. Ernest Xeminguey 1899-1961-yillarda yashab ijod etdi. Amerikaning Ouk-park shahrida tug'ilgan. Yozuvchi Bizning zamonda kitobida Nik Adamsning yoshligi, sevgisi va oilasi haqida hikoya qilsa, qonli urush voqealarini unga qarshi qo'yadi. Alvido, qurol romani yozuvchi ijodida alohida ajralib turadi.Asarda yozuvchi urush qabohatlariga shaxsiy hayotni qarshi qo'yadi. Genri Ketrin Barkliga bo'lgan urush dahshatlaridan ham qutulishga intiladi. Chol va dengiz 1952-yil yozilgan. Asar qahramoni Santyago baliq oviga boradi. Lekin to'riga hech qanday baliq tushmaydi. Cholga bir to'da baliq xujum qiladi. Lekin Santyago sarosimaga tushmay baliqlar bilan kurashini davom ettiradi. Chol bir akulani o'ldirgandan so'ng ikkinchisi unga tashlanadi. Uning pichog'i sinib qoladi. Qiyinchilik bilan unga qarshi kurashadi. Chol Santyago qirg'oqqa borganda kurashgan baliqlarining faqatgina suyagi qolgan bo'ladi. Bu orqali yozuvchi chol Santyagoning yolg'iz emasligi va uning irodasini bukib bo'lmasligiga ishora qilyapti. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.25 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.25 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga