Yakub Kolas (1882-1956)

Yakub Kolas (1882-1956)

O'quvchilarga / Adabiyot
Yakub Kolas (1882-1956) - rasmi

Material tavsifi

YAKUB KOLAS (1882-1956) Konstantin Mixaylovich Mitskevich-Yakub Kolas Baranovichi viloyati, Stolbtsevskiy tumanida o'rmonchi oilasida tug'ilgan. O'qituvchilar seminariyasida tahsil olgach, bir necha yil o'qituvchilik qildi. Ijodini 1906-yildan boshlagan Yakub 1910-yilda «Qayg'u qo'shiqlari» to'plamini nashr ettirdi. Mazkur to'plamdan joy olgan she'rlarda mamlakatning istiqboli, uning motamsaro holatiga ko'proq urg'u berilgan. Dala hamda qadrdon o'rmon, Achchiq qayg'u zo'r hasrat ichra, Motamsaro sizni ko'rurman. «Yangi yer», «Simon muzikant», «Hayot kengligida», «Urushga urush», «O'ch olamiz», «Yer sadosi», «O'rmonda sud», «Qasos» asarlarida Yakub Kolas mamlakatda yuz berayotgan o'zgarishlarni tasvirlashga harakat qilgan. 1949-yilda shoir o'zining «Baliqchining xatasi» asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan bo'lsa, o'zining samarali ijodi uchun «Belorusiya xalq shoiri» faxriy unvoniga sazovor bo'lgan. Yakub Krlas o'zbek ijodkorlari bilan yaqindan munosabatda bo'lgan. Bir necha marta O'zbekistonga mehmon bo'lgan. «O'zbekistonga», «Salor» she'rlarida shoir mehrini yaqqol tuyasiz. Payt yetdi, jo'naysiz bu chog', O'zbek yeri, azizsan muncha! Juda og'ir qardoshga aytmoq: Xayr endi, xayr ko'rguncha! Xotiramda shahar va bog'lar- Kutib olgan yam-yashil libos. Ariqchalar, limmo-lim Salo, Qator teraklarga viqor xos. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.16 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.16 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga