Abu Ali Ibn Sino ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi

Abu Ali Ibn Sino ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Abu Ali Ibn Sino ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi - rasmi

Material tavsifi

Abu Ali ibn Sino Abu Ali Ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan, O'rta Osiyo tuprog'idan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi. Buyuk allomaning fanlar olamida tajriba o'tkazmagan va qalam tebratmagan sohasi yo'q desa ham bo'ladi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo'shgan ulkan hissasi bebahodir. Ibn Sino ko'p qirrali ilm sohibi bo'lgan buyuk siymodir. Tibbiyot olamida Ibn Sinoning tabarruk nomi Gippokrat va Galen kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh katta boy bo'lib, o'sha davrda podshohga soliq teradigan vazirlardan bo'lgan. Somoniylar davrida Afsxona katta shaharlar sirasiga kirgan va shahar ichida qal'a ham bo'lgan. Soliq yigish uchun uning otasi Abdulloh Buxoroga kelgan. Tabobat ilmining sultoni bo'lmish Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afsxona qishlog'ida tug'ilgan, 5 yoshgacha Ibn Sino Afsxona qishlog'ida yashagan. Keyin Ibn Sino oilasi bilan birgalikda Buxoroga ko'chib kelgan. Ibn Sinoning to'liq nomi Abu Ali - Al Xusein Ibn Abdullo ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino 13 ta so'z 47 ta xarfdan iborat. Yevropada ibn Sino Avitsenna nomi bilan mashhur bo'lgan. 10 yoshida Kur'on, til adabiyot, keyinchalik esa mantiq, aljabr, hisob, falakkiyot kabi fanlarni to'liq o'zlashtiradi. Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi. Ibn Sino 17 yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. O'sha kezlarda Somoniylar davlatining hukmdori Nux ibn Mansur kasal bo'lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Buxoroda o'sib-ulg'aygan yangi yosh tabibning ovozasi saroyga ham yetib borgan edi, uni amirning davolash uchun saroyga taklif qiladilar va tabibning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu kutubxona o'sha vaqtda butun O'rta va YAqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Kecha-kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o'z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradi. U o'z davridagi yirik olimlardan biri hisoblangan Abu Rayxon Beruniy (973 - 1048) bilan ilmiy munozaralar o'tkazadi. 99 yillarda Koraxoniylar Buxoroni zabt etadilar, Somoniylar davlati inqirozga uchraydi. Bu esa Ibn Sinoning Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirish uchun imkoniyat bo'lmaydi, buning ustiga 1002 yil Ibn Sinoning otasi Abdulloh vafot etadi. Oqibatda buyuk alloma o'z tug'ilib o'sgan yurti Buxoroni tark etib, Xorazm (Urganch) ga ketadi. Xorazm O'rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri bo'lib, u yerda XI asrning boshlarida ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. G'aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud (998 - 1030 y) Xorazm yerlarini o'z davlatiga qo'shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo'lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010 - 1011 yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib, Xurosan tomon yo'l oladi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.29 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.29 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga