Angliya va Germaniyada ma'rifatchilik adabiyoti

Angliya va Germaniyada ma'rifatchilik adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Angliya va Germaniyada ma'rifatchilik adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Angliya va Germaniyada ma'rifatchilik adabiyoti Reja: Davrning xarakterli xususiyatlari Yevropamamlakatlarida ma'rifatchilik g'oyasining targ'ib etilishi Nemis-fransuz-ingliz ma'rifatchilari Adabiyotlar 1.Sh.Normatova. Jahon adabiyoti. T., 2008. 2.D.Defo. Robinzon Kruzo. T., 1991. 3.Q.Azizov, O.Qayumov. Chet el adabiyoti tarixi. T., 1994. .Boynazarov, A.Xolmurodov. Jahon adabiyoti. Jizzax. 2008. 5.Amerika adabiyoti asoslari. H Karomatov tarjimasi T. 2001. 6.Q.Do'stmuhammad. Nobel mukofatini olgan adiblar.T.,Ma'naviyat, 2004. Jahon tarixida XXVII asr yangi davrni boshlab berdi, eski tartiblarni yemirib tashladi. Davlatlarning taraqqiyot bosqichida yangi davr boshlandi. Yaratilayotgan jamiiyki asarlarda ma'rifatchilik g'oyalari keng targ'ib qilindi. Ma'rifat so'zi keng ma'noda xalqni bilimli, ma'rifatli qilish ma'nosida qo'llansa, tor ma'noda esa, iste'bdod tuzumining zulmiga qarshi olib borilgan aqliy harakatni ifoda etadi. Bu adabiyotning estetik qarashlari shu bilan qadrli ediki ular san'atning tarbiyaviy ahamiyatini jamiyatni qayta qurish maanfaatlariga bo'y sundirdi. XVII asr ma'rifatchilari yangi ruhdagi falsafiy roman, fa'lsafiy povest va drammatik turdagi asarlar yaratdilar. Ma'rifatchilik harakati G'arbiy Yevropamamlakatlarida ma'lum bir tizim asosida ko'rinmasa ham ular ma'naviy yuksaklik taraqqiyparvar adabiyot uchun mushtarak tomonlari mavjudki u uning taraqqiyparvar xarakterida ko'rinadi. Bu adabiyotning Anglyadagi buyuk nomoyondalari yetishib chiqdi. Robert Berns, Daniel Defo, Jonatan Svift, Semyul Richerdson, Genri Filding va boshqalar. fransuz adabiyotida ma'rifatchilik g'oyalarini targ'ib qilgan shoirlardan Fransua Volter, Deni Didro, Jan, Jak Russo, Per Ogyusten Bomarshe kabi falsafiy adabiy faoliyati Bilan mashhur adiblar yetishib chiqdi. Nemis ma'rifatchiligida esa Efraim Lessing, Fridrix Shiller, Iogani Volfgang Gyoti singari buyuk lim va jamoyat arboblari yetishib chiqdi. Angliya ma'rifatchilik adabiyotida yorqin iz qoldirgan adiblardan biri Daniel Defodir (1660 - 1731). Defo Londonda savdogar oilasida tug'iladi. Bo'lajak yozuvchi savdo ishlariga qiziqadi, tijorat ishlari bilan Yevropaning Partugaliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya kabi mamlakatlariga boradi. Robinzon Kruzo romani 1719-yil yaratiladi. Romanning yaratilishiga oid aniq dalillar bor. 1713-yili ingliz yozuvchisi Richard Stil Angliyalik nomli jarnalda Aleksandr Selkirk to'g'risidagi ocherki bilan chiqadi. Aleksandr Selkirk Shotlandiya matrosi bo'lib, kema kapitani bilan janjallashib qoladi. Uni Janubiy Amerikaninng Chili qirg'oqlaridagi Xuan Fernandes orollaridan biriga tushirib ketadilar. Selkirk kimsasiz orolda kimsasiz 4 yilu 4 oy hayot kechiradi. U deyarli yovvoyilashib qoladi. 1709-yili sobiq matrosni uchratgan ingliz kemasi Angliyaga olib ketadi. Aleksand Selkirkning ko'rgan kechirganlari katta shov - shuvlarga sabab bo'ladi. Robinzon Kruzo yoshlik yillarida hayotning ko'p azoblarini boshidan o'tkazadi, ota - onasining aytgan nasihatlariga quloq solmay Londondagi savdo kemasining kapitani bilan tanishadi. Dunyoning ko'p mamlakatlariga tijorat tufayli dunyoning ko'p mamlakatlariga borib turadi. Robinzon Kruzo kimsasiz orolda yashay boshlaydi bu yerda 25 yil yashagandan so'ng bir yigitni odamxurlardan ajratib oladi va unga Jumaboy deb ism beradi. Robinzon va uning sheriklarini Angliyaga eltib qo'yadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.85 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.85 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga