Usmonli turk klassik adabiyoti Reja: Usmonli turk xalqining og'zaki ijodi. Turk adabiyotining ilk yozma yodgorliklari. Turk tasavvuf adabiyoti. XVII-XIX asrlar turk adabiyoti. Realistik turk adabiyotining shakllanishi. Tayanch so'z va iboralar: Folklor, «Ugiznoma», «Guro'g'li», Jaloliddin Rumiyning masnaviylari. Turk xajviy adabiyoti. Turk tasavvuf adabiyoti. Romantizm ko'rinishlari. Realistik adabiyotning paydo bo'lishi. Publitsistika. Dramaturgiya. Badiiy prozaning shakllanishi. «Tanzimat adabiyoti». Yangi adabiy janrlar. Usmonli turk xalqi turkiy Kavmlarning ichida aholi jihatidan eng kupi va eng rivojlangani bo'lib hisoblanadi. Bu Kavm o'z mustaqilligi va erki uchun asrlar davomida kurashib, murakkab tarixiy davrni boshidan kechirgan. SaljuKlarning Kichik Osiyoga yurishi munosabati bilan hozirgi turk davlatiga asos solina boshlandi. Bu davlat XI-XIV asrlarda imperiya sifatida shakllandi. Usmonli turklar nomi bilan mashxur bo'lgan bu davlat uzoq asrlar Kichik Osiyoda va uning atrofidagi hududlarda xukmronlik Kildi. Turkiya aholisining 90 foizini turklar tashkil qiladi. Bulardan tashqari, turk millatiga mansub kishilar BolKonda, Kiprda, Yevropamamlakatlarida va boshqa joylarda xam kuplab yashaydi. Ana shu turklar adabiyoti juda Kadimdan boshlangan. U boy an'anaga ega bo'lib, janr jihatidan xam rang-barangdir. Turk xalq og'zaki ijodida juda kuplab KushiKlar, ertaklar, afsona va rivoyatlar mavjud. Eng qadimgi turk xalqi dostonlaridan biri «Yaratilish dostoni» bo'lib, unda insoniyatning yaratilishi, dastlabki turk ajdodlari haqida KiziKarli rivoyatlar berilgan. ayniqsa, «Ugiznoma» nomli dostonda Kaxramonlik motivlari kutarinki ruxda kuylangan. Bu doston bir Kancha bo'limlardan iboratdir. Guro'g'li obrazi Katnashgan bir Kancha dostonlar sikli xam mavjud bo'lib, ular boshqa turkiy xalqlar adabiyotidagi shu tipdagi dostonlar bilan xamoxangdir. «Dada KurKut» haqidagi doston xam turk xalqi folklorining eng baquvvat asarlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bulardan tashqari turk xalq og'zaki ijodida kuplab turli mavzulardagi mavsum-marosim, mehnat KushiKlari, ertaklar, latifalar va hikoyatlar uchraydi. Nasriddin Afandi nomi bilan mashxur bo'lgan latifalar dastlab turk xalqi og'zaki ijodida paydo bo'lgan. Turklarning xam dastlabki yozma adabiyoti arab va fors tillarida yaratilgan. Chunki XI-XIV asrlarda Turkiyada saljuKlar saltanati davrida arab tili din va fan tili, fors tili esa saroy poeziyasi tili rolini uynar edi. Keyinchalik turk tilida ilk badiiy asarlar yaratila boshladi. Eng birinchi Turk yozuvchilaridan biri sifatida Jaloliddin Rumiyni (1207 - 1273) ko'rsatish mumkin. Ota-bobolari asli Xorazmlik turkiy Kabilalardan bo'lgan. Jaloliddin Rumiy sharq klassik adabiyotining ulug siymolaridan biridir. Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi buyuk zotlar Jaloliddin Rumiyga e'tiqod Kilganlar va o'zlariga ustoz deb bilganlar. Shoir 1207 yilda Balx shaxrida tavallud topgan. Uning otasi Muhammad bahoiddin Valad o'z davrining mashxur so'fisi, vazxoni bo'lgan. qandaydir sabablar bilan u Balxdan Bagdodga ko'chib ketadi, keyin esa Turkiyaning bir Kancha shaharlarida yashaydi. Shu davrdagi Turk sultoni Aloiddin Kaykubod Jaloliddinning ...

Joylangan
05 Mar 2024 | 05:57:57
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.03 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Mar 2024 [ 05:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.03 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: docx