Abdulla Qodiriy. Asarlari Dars rejasi: 1. Abdulla Qodiriy yoshlik va bolalik yillari. 2. Qodiriy -o'zbek romanchiligining asoschisi. 3. Adibning hajviy asarlari Tayanch so'z va iboralar: Bolalik va yoshlik yillari, ilk ijodi, Qodiriy - jurnalist, o'zbek romanchiligining asoschisi, yurtning, millatning taqdiri, mustaqilik masalasi, Kalvak Mahzumning xotira daftaridan, G'irvonlik Mallavoy aka hikoyalarida ifodalangan satirik va yumoristik kulgi. Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida bog'bon oilasida tug'iladi. Boshida boy oilada tug'ildimmi yoki kambag'al oiladami, albatta bilmadim, - deb yozadi A Qodiriy-Ammo yoshim 7-8 ga etgach, qornim oshga to'ymog'onidan, ustum tuzukroq kiyim kiymaganidan shuni bildimki, besh jonning tamogi faqt 80 yoshlik bir chol otamni mehnatidan, 1300 sarjin bog'ning yozda etishtirib beradigan hosilidan kelar ekan. Agar bahor yomon kelib, bog' mevalari ofatga uchrab qolsa, biz ham ochiqlikga duch kelib, qishi bilan jovrashib chiqar ekanmiz . Abdulla bolaligidayoq zehni o'tkir, o'qish o'rganishga mehr ishtiyoqi baland bo'lgan. Ammo oiladagi moddiy muhtojlik tufayli biroz kechikib, 9-10 yoshlarida maktabga bordi. Ikki -uch yil eski usulda o'qigach, 12 yoshida oiladagi nihoyatda qashshoqlik vajidan bir boyga xizmatchilikka beradi. Xo'jayin savdogar kishi bo'lib, u yozuv-chizuvni biladigan odamga muhtoj edi. Abdullaning zehnini, o'qishga ishtiyoqini sezgan savdogar uni rus-tuzem maktabiga yuboradi. Ham o'qish, ham o'qishdan keyin xo'jayin qo'lida ishlash Abdulla uchun og'irlik qiladi, maktabda yaxshi bilim ololmaydi. Bu hol ikki yil davom etadi. So'ng bunga chidolmay, ota-onasiga yolvorib o'z uyiga qaytib keladi, shu yerda turib o'qishga qatnaydi. Abdulla rus-tuzem maktabining 1912- yil muvaffaqiyat bilan tugatadi. Bu maktabda o'qish bolaligidanoq rus tilini egallash bo'lg'usi yozuvchi ijodiy taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi, rus va jahon adabiyoti, madaniyati bilan bevosita tanishuvi uchun yo'l ochib beradi. Ikki yil o'tgach, Abdulla Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o'qishga kiradi. Madrasadagi qisqa ta'lim uning islom ilmi, arab va fors tillarini egallashni, qiyinchalik bu sohalarni mustaqil o'zlashtirish uchun xizmat zamin hozirlaydi. Abdulla ijodiy faoliyati boshlanishi ham o'sha davrga to'g'ri keladi. Shu miyonalarda, - deb eslaydi Abdulla Qodiriy, - bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirgon gazetalarni o'qib dunyoda gazeta degan gap borligiga imon keltirdim. 1910-yilda o'zbekcha Sadoiy Turkiston, Samarqand, Oyna gazetalari chiqa boshlag'och menda shularga gap yozib fikri uyg'ondi. Abdulla Qodiriy yozuvchi sifatida ilk bor elga tanitgan narsa - uning hajviy asarlari, aniqrogi Kalvak Mahzumning xotira daftaridan va Toshpo'lat tajang nima deydi? hajviy qissalari bo'ladi. Kalvak Mahzumning xotira daftaridan 1923-27 yillarida oraligida yozilgan, asar peshma-pesht matbuotda e'lon etilib turgan edi. Bu yillar davomida hayotning o'zidan qolaversa Qodiriy qismatida, qarashda ko'p o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu xol asarda o'z ifodasini topdi. Yozuvchining hajviy yomoristik mahorati Xarakter kulgisi yaratish ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.34 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.34 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: doc