Abu Nasr Forobiy (873-950)

Abu Nasr Forobiy (873-950)

O'quvchilarga / Adabiyot
Abu Nasr Forobiy (873-950) - rasmi

Material tavsifi

FAROBIY (875-950) Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Farobiy 873 yilda Farob (Utror) yaqinidagi Vasij shaharchasida tavallud topgan va 951 yilda Damashqda vafot etgan. o'rta osiyoning yirik komusiy olimlaridan biri, sharq uyg'onish davrining eng kuzga kuringan arbobi, sharq falsafasining otasi Farobiy avval Farob, Buxoro va Samarkanda ilm oldi va turli tillarni urgandi. Bagdodga kelgach fanning turli sohalari bo'yicha bilimlarini chuqurlashtirishda davom etdi. U ilmiy darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab 160 dan ortik asarlar yozdi. Farobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlar butun olamga mashxur buldi. U yozgan «Aristotelning «Metafizika» asari maqsadlari haqida», «Tirik mavjudot a'zolari haqida», «musiqa kitobi», «Baxt saodatga erishuv haqida», «Siyosat al-Madaniya» («shaharlar ustida siyosat yuritish»), «Fozil odamlar shaxri», «Masalalar mohiyati», «qonunlar haqida kitob», «Tafakkur yurgizish mazmuni haqida», «Mantikka kirish haqida kitob», «Falsafaning mohiyati haqida kitob» va boshqa asarlar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining bekiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi. Farobiy fanning nazariy va falsafiy tomonlarini yoritishga harakat kilgan. U Platon, Aristotelning barcha falsafiy, tabiiy, ilmiy asarlariga , Ptolomeyning osmon jismlari harakati, Aleksandr Afrodiyning Rux haqidagi psixologiyasiga oid, Galenning tibbiyot bo'yicha asarlari, Epikur, Zenon, Yevklid risolalariga takriz va sharxlar yozdi. Agar ilm Fan rivojidagi uzining qo'shgan buyuk xizmatlari uchun Aristotel «Birinchi muallim» unvoniga sazovar bulsa, Farobiy donishmandligi Aristotelning yaxshi bilganligi komusiy aqli va ilm Fan taraqqiyotiga qo'shgan katta xissa qo'shganligi uchun «Al-muallim as-Soniy - Ikkinchi muallim», «sharq Aristoteli» degan unvonlar soxibi. Forobiyning «Inson tanasining a'zolari haqida»gi risolasi tibbiyot ilmining maksa dva vazifalarini aniklashga bagishlangan. «Astrologiyaning to'g'ri va noto'g'ri haqida»gi risolasida astrologlarning ruhiy va ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni osmoniy jismlar haqidagi ilmiy taxminlarga asoslangan faoliyatini, yolgon tasavvurlar va uydurmalardan farqlash zarurligini takidlaydi. Olimning ko'p jildli «musiqa haqida katta kitob» asari musiqa ilmining katta bilimdoni, sozanda va ajoyib bastakor xam bo'lganligini tasdiklaydi. U Yangi musiqa asbobini ixtirochisi xam bo'lgan. o'rta asr faning rivoji va tarakkyotida Forobiyning ilmiy tasnifi bo'yicha olib borgan ilmiy ijodiy ishlari g'oyatda kimmatlidir. U «Ilmlarning kelib chiqishi haqida», «Ilmlarning tasnifi haqida» va boshqa risolalarida usha davrda malum bo'lgan yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini beradi. Forobiyning ilmiy- falsafiy merosi xalqimizning buyuk ma'naviy boyligi sifatida asrlar Osha avlodlar uchun muhim ijod manbai bo'lib xizmat qilib kelmokda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.3 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.3 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga