Adabiyot - so'z san'ati Dars rejasi: Adabiyot -so'z sa'ati. So'zning sehrli kuchi. O'zbek mutafakkirlari so'z qudrati haqida. Tayanch so'z va iboralar: O'zbek adabiyoti, yozma adabiyotning ilk namunalari, so'z va ruhiyatining nozik tovlanishi, san'at turlari, so'z teruvchilar, ruh chamanining xushxon bulbullari. O'zbek adabiyoti juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o'ziga xos shakllanish va taraqqiyot yo'li, rivojlanish qonuniyatlari bor. Bularni his etish, anglash va umumlashtirish uchun uning tarixini puxta o'rganish zarur. Adabiyot tarixi so'z san'atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyondalari haqida ma'lumot beradi. Bu fan tufayli qadimda yashab ijod etgan buyuk adiblar yaratgan nodir, badiiy tafakkurdagi rivojlanish va yangiliklar haqida tasavvur hosil bo'ladi. O'zbeklar qadimgi turkiy xalqlarning ajdodlaridan biridir. Boshqacharoq aytadigan bo'lsak, qadimgi ajdodlarimiz turkiylar deb nomlangan. Shunga ko'ra, eng qadimgi davrlardan boshlab XI-XII asrlargacha bo'lgan davr oralig'ida yaratilgan adabiyot fanda qadimgi turkiy adabiyot nomi bilan yuritiladi. Adabiyotning o'q ildizlari xalq og'zaki ijodidan boshlanadi. To'maris, Shiroq singari rivoyatlar eramizdan oldingi davrlarda yashagan turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan og'zaki ijod durdonalaridir, eramizning V-VII asrlarida paydo bo'lgan og'zaki ijodning boshqa namunalari: ertak, qo'shiq, marsiya, rivoyat, maqollar Mahmud Qoshg'ariyning Devonu lug'otit-turk (1072-yil) asari orqali yetib kelgan va nodir namunalar sifatida hozir ham ardoqlidir. Ular orqali ko'pgina adabiy janrlarning paydo bo'lishi, takomilini ham kuzatish mumkin. Yozma adabiyotning ilk namunalari O'rxun -Enasoy bitiklari bilan bog'liq. Bu yodgorliklar eramizning VI -VII asrlarida yaratilgan. Ular ilk tarixiy -badiiy asarlar sifatida qimmatli. Keyingi asrlarga kelib adabiyotimiz boy tajriba to'pladi. Bu davrda turkiy tilda yozilgan ilk doston Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig (Saodatga yo'llovchi bilim) (1069-yil) asari yuzaga keldi. Yusuf Xos Hojib boshlab bergan dostonchilik an'anasi keyinchalik Ahmad Yugnakiy, Sayfi Saroyi, Qutb, Haydar Xorazmiy kabi shoirlar ijodida davom ettirildi. To'rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba', g'azal, qasida, masnaviy, noma kabi janrlarning o'zbek adabiyotidagi tarixi ham ancha qadimgi davrlarda shakllangan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Atoiy, Lutfiy kabi shoirlarimiz janrlarning rivojlanishida katta xizmat qilganlar. O'zbek nasrining tarixi ham qadimgi davrlardan boshlanadi. Shiroq, To'maris kabi rivoyatlarning asl matni saqlanib qolmagan. Ular yunon tarixchilarining asarlari orqali bizga yetib kelgan. O'rxun-Enasoy obidalarida ham nasr izlari mavjud. Shuningdek, Oltin Yoruq singari tarjima asarlar ham nasrda bitilgan. Shubhasiz, bu sohada Nosiriddin Rabg'uziyning (XII -XIV) alohida o'rni bor. U Qissas ul-anbiyo (Payg'ambarlar tarixi) asari bilan o'zbek nasrini o'z davrida yuqori cho'qqiga olib chiqqan, deyish mumkin. Eng qadimgi davrlardagi asarlarda qahramonlik asosiy o'rin tutgan bo'lsa, XI asrdan keyingi o'zbek adabiyotida pand-nasihat, ta'lim-tarbiyaviy xususiyatlar yetakchilik qiladi. Bu davr adabiyotning ta'limiy (didaktik) adabiyot deb nomlanishi ham shu tufaylidir. Adabiyot jamiyat ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.83 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.83 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:46 ]
Arxiv ichida: doc