Ahmad Yugnakiy. Hibat ul-haqoyiq asari Dars rejasi: 1. Ahmad Yugnakiyning o'zbek adabiyoti tarixida tutgan o'rni. 2. Hibat-ul haqoyiq - turkiy didaktik doston. 3. Hibat-ul haqoyiq asarining tarbiyaviy ahamiyati Tayanch so'z va iboralar: Olim va shoir, turkiyzabon ijodkor, Haqiqatlar armug'oni, A. Navoiy asarlari, asarning qo'lyozma nusxalari, asar boblari, ilmning afzalligi, til odobi, sahovat va baxillik. Qoraxoniylar davrida ijtimoiy - siyosiy hayotda bir qadar barqarorlik va iqtisodiy - madaniy rivojlanishi ko'zga tashlanadi. Shuning oqibatida Yusuf Xos Hojibning Qutag'u bilig (1069-1070), Mahmud Qoshg'ariyning Devoni lug'otit - turk (1072) asarlari yuzaga kelgan edi. Ahmad Yugnakiyning Hibat-ul haqoyiq asari ham qoraxoniylar davridagi madaniy yuksalishlar mevalaridan biridir. U XII asrda yozilgan. Ahmad Yugnakiy va uning asari haqida ham boricha mukammal ma'lumotlar yetib kelgan emas. Ayrim xabarlar kitobning o'zida mavjud. Adib Ahmad otim, adab, pand so'zim, So'zim munda qolur, borur bu o'zim. Demak, muallif o'z nomini Ahmad deb tanishtirmoqda. Adib uning ijodkorligiga ishora. Ehtimol, bu xalq orasidagi Yugnakda istiqomat qilgan. Adib Ahmad haqida Alisher Navoiy o'zining Nasoyim-ul muhabbat asarida muhim ma'lumotlarni beradi. Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g'arib (ajoyib) nimalar manquldur (naql qilingan). Derlarki, ko'zlari butov (bitta, yopiq) ermishki, also zohir emas ermishki, ko'z bo'lg'ay. Ammo bag'oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy (taqvodor, parhezkor) kishi ermish… Haq subxonaxu taolo agarchi zohir ko'zin yopuq yaratkondur, ammo ko'ngli ko'zin bag'oyat yorug' qilg'ondur. Bu fiqrlarni Hibatul - haqoyiq misralari ham tasdiqlaydi: Tug'a ko'rmas yerdi adibning ko'zi. Alisher Navoiy Ahmad Yugnakiyning Bog'dod atrofidagi qishloqlardan birini maskan tutgani va mashhur Imom A'zam saboqlariga piyoda kelib ketishi haqida ham xabar beradi. Ammo bu Imomi A'zamning shaxsiyati aniq emas. Tarixda mashhur bo'lgan Imomi A'zam VII asrda Bog'dodda yashagan. Ammo Ahmad Yugnakiy XII asrda yashaganligi uchun gap bu yerda boshqa shaxs ustida boravotganligini tasavvur etish mumkin. Alisher Navoiy aytgan fikrlar, shuningdek, asarning uyg'ur va arab harflari bilan ko'chirilgan nusxalarining ko'plab tarqalishi Hibat ul-haqoyiqning Navoiy yashagan davrida ham ancha mashhur bo'lganini ko'rsatadi. Kitob Dod Sipohsolarbekka bag'ishlangan. Adib uning qoshg'archa til bilan yozilganligini ta'kidlaydi. Hibat ul-haqoyiq hozirgi tilda Sevimli haqiqatlar demakdir. Ahmad Yugnakiyning o'zidan oldingi didaktik adabiyot an'analarini izchil va ijodiy davom ettiradi. Asarda ma'rifat g'oyalari yetakchi o'rin tutadi. Asar 14 bobdan iborat. U 254 misrani tashkil qiladi. Asar an'anaviy ham, na't va bag'ishlovlarga ega. so'ng bilim maqtovi va johillikning zarari, til odobi va uni tiyish, saxiylik va baxillik haqida bahs yuritiladi. Adib ilm ma'rifatga, alohida e'tiborni qaratadi. Bilimdonlik va bilimli kishilarni ulug'laydi, nodonlik, jaholat inson sha'nini yerga uruvchi hodisalar qatorida sanaladi. ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.11 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.11 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: doc