Alisher Navoiy lirik merosining bugungi kunda o'rganilishi

Alisher Navoiy lirik merosining bugungi kunda o'rganilishi

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiy lirik merosining bugungi kunda o'rganilishi - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiy lirik merosining bugungi kunda o'rganilishi Alisher Navoiy hayoti va ijodini chinakam ilmiy tamoyillar asosida o'rganish XX asrning 20-yillaridan boshlandi. Ulug' shoirning Xamsasini ilmiy, ilmiy-ommabop yo'sinda o'rganish sohasidagi dastlabki dadil qadamni o'zbek xalqining serqirra adibi va birinchi professori Abdurauf Fitrat qo'ydi. Uning Farhod va Shirin dostoniga doir qiyosiy tahlil asosida yaratilgan Farhod va Shirin dostoni to'g'risida nomli salmoqli maqolasi shu yo'nalishdagi jiddiy tadqiqotlardan biridir. Sobiq ittifoq hukumatining 1938-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligini 1941-yilda nishonlash to'g'risida qaror qabul qilishi navoiyshunoslik borasidagi ishlarning yanada jonlanishiga sabab bo'ldi. Sadriddin Ayniy Alisher Navoiy Xamsasining nazmu-nasrdan iborat qisqartirilgan nusxasini yaratdi va mazkur ish lotin yozuvida 1939-yilda nashr bo'ldi. Besh asrlik yosh to'yi munosabati bilan ulug' shoirning Chor Devon, Muhokamat ul-lug'atayn, Mahbub ul-qulub va yana bir qator asarlari ham chop etildi. Taniqli adib va olim M.Shayxzoda Genial shoir nomli asarini yozdi. V.Abdullayev esa Navoiyning Samarqanddagi hayoti va faoliyati haqidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1941-yilda sobiq ittifoq hududining II jahon urushi janggohlariga aylanishi tufayli Alisher Navoiy yubileyini keng miqyosida tantana qilish kechiktirildi. Shunday bo'lsa-da, nafaqat O'zbekistonda, balki Moskva va hatto qamalda qolgan Sankt-Peterburgda ham I.A.Orbeli, I.Y.Krachkovskiy, E.E.Bertels, A.A.Boldirev, A.N.Kononov, B.B.Piotrovskiy, B.T.Rudenko singari olimlar tomonidan Alisher Navoiy merosini o'rganish ishlari qizg'in davom ettirildi. Ulug' mutafakkir shoir tavalludining 500 yilligi 1948-yil may oyida tantanali suratda o'tkazildi. Shu yili taniqli yozuvchi Oybek tahriri ostida Ulug' o'zbek shoiri nomli ikkita maqolalar to'plami E.E.Bertels, Sadriddin Ayniylarning ilmiy risolalari chop qilindi. Turkiy adabiyotni jahoniy mavqega ko'targan Alisher Navoiy ijodiy merosini o'rganish turli millat va tilga mansub sharqshunos olimlarning diqqatini ham o'ziga jalb etdi. Navoiyshunoslik fan sifatida shakllana boshladi va uning oldida shoir asarlarini to'plash, Navoiy merosining mukammal bibliografiyasini tuzish, asarlarining nodir nusxalarini aniqlash va ilmiy tekshirish, adib ijodini keng kitobxonlar o'rtasida ommalashtirish hamda undagi dolzarb muammolar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdek g'oyatda muhim vazifalar turardi. Shunday qilib, ulug' shoir tavalludining besh asrlik to'yi soha ravnaqi uchun tub burilish pog'onasi vazifasini o'tadi. XX asrning 40-yillarida ibtido topgan ko'lamdor ilmiy yo'nalishlar 500 yillik umr to'yi tantanalari shaxdam ilgarilayotgan navoiyshunoslikni yanada yangi taraqqiyot pillapoyalariga olib chiqdi. Taniqli adabiyotshunos Porso Shamsiyev tomonidan amalga oshirilgan Xamsaning mukammal nashri, Hamid Sulaymon sa'y-harakati bilan Xazoyin ul-maoniy akademik nashri hamda Alisher Navoiy asarlarining o'zbek tilidagi o'n besh tomligining nashr etilishi o'zbek xalqining madaniy hayoti tarixida juda katta ijtimoiy-ma'naviy voqea bo'ldi. Adabiyotshunos olimlardan Yo.Is'hoqovning Alisher Navoiyning ilk lirikasi (1965), M.Shayxzodaning Ustodning san'atxonasida maqolalar turkumi (1965-66), A.Hayitmetovning Navoiyning ijodiy metodi masalalari (1963), Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan (1970), Navoiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.3 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.3 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga