Alisher Navoiy lirik merosining XX asrgacha bo'lgan davrda o'rganilishi Turkiy adabiyotning yirik vakili, turkiy xalqlarning eng buyuk shoiri Alisher Navoiy Xito (y) dan to Xuroson gacha bo'lgan turkiy qavmlarni bir adabiy til bayrog'i ostida birlashtirgan mutafakkirdir. Alisher Navoiy yirik so'z san'atkori sifatida turkiy badiiy ijodni ham ma'no, ham shakl jihatidan jahoniy mavqega ko'tardi. Shuning uchun ham asrlar o'tsada, uning adabiy merosiga bo'lgan ma'naviy ehtiyoj oshib bormoqda. Bu hol ulug' shoirning Muhokamat ul-lug'ataynda o'z ijodidan faxrlanib bildirgan quyidagi bashoratomuz fikrlarining nechog'li to'g'ri ekanligini yana bir dalilidir: Umidim uldur va xayolimg'a andoq kelurkim, so'zim martabasi avjdin quyi inmag'ay va bu tartibim kavkabasi a'lo darajadin o'zga yerni beganmagay. Alisher Navoiy hayoti va ijodini o'rganish shoir hayotligidayoq boshlangan edi. Bu xayrli ishni birinchi bo'lib Abdurahmon Jomiy boshlab bergan. Biroq Navoiyning boy adabiy merosini o'rganishga hamma davr o'z qiziqishlari, imkoniyatidan kelib chiqib yondashgan. Masalan, XV asr va XVI asr boshlarida Navoiy tarjimaiy holini yaratishga, asarlarini qo'lyozma holida ko'chirish va ko'paytirishga ko'proq ahamiyat berilgan bo'lsa, keyinchalik uning asarlariga maxsus lug'atlar tuzish birinchi o'ringa chiqa boshlagan. Bunga Tole' Imoniyning Badoye' ul-lug'at, noma'lum muallifning Abushqa, Mirzo Mehdixonning Sangloh kabi lug'atlari yaqqol misol bo'la oladi. Navoiy ijodini, asarlarini o'rganish XX asrda an'anaviy navoiyshunoslikka nisbatan boshqacha yo'nalish va mazmun kasb etdi. Navoiy ijodi ko'proq G'arb adabiyotshunosligi andozalari bo'yicha o'rganila boshlandi. Xususan, Navoiyning yubileylari munosabati bilan ko'pgina yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. Bir qancha ilmiy maqolalar yaratildi, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi. Navoiyning 560 yillik yubileyi arafasida taniqli adabiyotshunos olim Abduqodir Hayitmetov navoiyshunoslar oldiga Navoiy ijodini o'rganish va tadqiq etishning bundan keyingi rivojlanishini ta'minlash maqsadida o'n ikki qismdan iborat bo'lgan metodolik asoslarini qo'yadi va shu asosda izlanishlar olib borishga undaydi. Rahim Vohidov O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi kitobida shoir ijodi va hayoti bo'yicha tadqiqot olib borayotgan olimlar to'rtta muhim manbaga tayanib izlanish olib borayotganliklarini ta'kidlaydi: 1. Ulug' shoirning o'z asarlari( asosan nasriy asarlari) 2.Navoiy zamondoshlarining asarlari (Navoiyning qalb daftari). 3.XVI-XIX asrlarda yaratilgan tazkira, tarixiy va badiiy-ilmiy asarlar. 4.Xalq og'zaki ijodi (El desa Navoiyni). 1. Ulug' shoirning o'z asarlari. Alisher Navoiyning deyarli barcha asarlarida uning shaxsi, ijodkorligi, ijtimoiy-irfoniy faoliyati haqida ma'lumot beriladi. Bu jihatdan ayniqsa, uning Xazoyin ul-maoniy, Xamsa, Majolis un-nafois, Mahbub ul-qulub, Muhokamat ul-lug'atayn, Vaqfiya, Xamsat ul-mutahayyirin, Nasoyim ul-muhabbat, Tarixi muluki ajam, Tarixi anbiyo va hukamo, Mezon ul-avzon, Munojot, Arba'in hadis, Siroj ul-muslimin singari asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur asarlarda shoirning shaxsiy hayoti, u yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, madaniy-ma'rifiy muhit, ba'zi asarlarining yozilish tarixi va sabablari, adibning el-yurt tinchligi, obodonchiligi yo'lida olib ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.14 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.14 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:50 ]
Arxiv ichida: docx