«FARHOD VA ShIRIN» Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoniga yozilgan so'zboshi «Farhod va Shirin» dostoni Alisher Navoiyning mashhur «Xamsa»siga kirgan besh dostonning biridir. Ulug' shoirning eng zo'r asarlaridap hisoblangan «Hayratul-abror», «Layli va Majnun», «Sabayi Sayyor» va «Saddi Iskandar» dostonlari orasida «Farhod va Shirin» alohida o'rin tutadi. «Farhod va Shirin» Navoiy bundan besh asr burun yaratib qoldirgan buyuk dostonlarining eng zo'ridir. Yigit Farhod va qiz Shirin to'g'risidagi afsona asrlar bo'yicha yashab kelmoqda. Go'zal xalq afsonasiga aylanib ketgan bu hikoya aslda, tarixiy faktlar asosida yuzaga kelgan bo'lib, «Xisrav va Shirin» nomi bilan shuhrat topgandir. Tarix kitoblarida shunday ma'lumotlar bor: Xisrav Eronning Sosoniy hukmdorlaridan bo'lgan mashhur No'shirvonning nabirasidir. Xisrav milodi VII asrda Eron shohi ekan. Muhammad payg'ambar qo'shni hukmdorlarga xatlar yuborib, musulmonlikni qabul qilishga chaqirganda ana shu Xisrav Parvezga xat yuborgan ekan. Tarixchilar, Xisrav Parvez Muhammad payg'ambarning bu xatini yirtib tashlagan edi, deb yozadilar. «Xisrav va Shirin» haqidagi doston esa VII-X asrlar o'rtasida yaratilgandir. Xisrav va Shirin haqida birinchi martaba doston yozgan kishi X asrda yashagan buyuk shoir Abulqosim Firdavsiydir. Lekin dostonning bizda mashhur bo'lgan eng sevimli qahramoni Farhod haqida Firdavsiy hech narsa bilmaydi. Eron shohi Xisrav ovda yurib Shirinni ko'rib qoladi, sevadi va uylanmoqchi bo'ladi. Lekin Shirin podsholar naslidan emas edi. Shuning uchun Xisrav atrofidagi kishilar shohning unga uylanishiga qarshi turadilar. Xisrav yurt kattalarining majlisini chaqirib, ularni ko'ndiradi va Shiringa uylanadi. Xisravning avvalgi xotini Maryamdan bo'lgan o'g'il Shiruya o'z otasi Xisravni o'ldirib, Eron shohligini o'z qo'liga oladi va Shirinni xotin qilmoqchi bo'ladi. Shirin esa Xisrav qabrida zahar ichib o'ladi. Firdavsiyning dostonida Farhod bo'lmagani kabi Shopur ham yo'qdir. Firdavsiydan so'ng, undan ikki yuz yil keyin XII asrda yashagan mashhur Ozarbayjon shoiri Nizomiy Xisrav va Shirin to'g'risidagi hikoyani yangidan ishlab, zo'r bir doston yaratgandir. «Xisrav va Shirin» dostoni Nizomiy «Xamsa» sidagi dostoplarning biridir. Nizomiyning bu go'zal dostonida qahramonlar yana Xisrav bilan Shirindir. Farhod obrazi ikkinchi darajadagi bir o'rinda turadi. Shopur obrazi esa bir usta rassom va hiylakor sayyoh sifatida bo'lib, Xisravning suhbatdoshidir. Armanning go'zal qizi Shirin haqidagi xabarni ham Xisravga Shopur etkizadi va ming xil yo'llar bilan Shirinni Xisravga ko'ngil qo'ydiradi. Xisrav otasi bilan urishib, Madoyindan qochib Armanga boradi. Mahin Bonuga sig'inadi. Shirin esa Madoyindagi Eron shohiga sig'inadi. Shopur kelib Shiringa Xisravning Armanga borganini eshitdiradi. Shirin Armanga qaytadi. Xisrav esa otasining o'ldirilganini eshitib Eronga qaytadi va Madoyinda taxtga o'tiradi. Xisrav bilan Shirin yana uchrashaolmaydilar. Madoyinda isyon ko'tariladi, Xisrav yana engiladi, so'ngra Erondan chiqib avval Ozarbayjonga va undan keyin Armanistonga - Mahin Bonu huzuriga boradi, ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.47 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.47 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:51 ]
Arxiv ichida: docx