Alisher Navoiyning hayoti, ijodi va g'azallari

Alisher Navoiyning hayoti, ijodi va g'azallari

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiyning hayoti, ijodi va g'azallari - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. G'azallari. Dars rejasi: 1. A.Navoiyning turkiy adabiyotdagi o'rni. 2. A.Navoiy - semahsul ijod egasi. 3. Navoiy she'riyatning o'ziga xosligi. Tayanch so'z va iboralar: Shoirning hayot yo'li, asarlari, dostonlari, shoir haqida yaratilgan asarlar, Navoiy - davlat va jamoat arbobi, ruboiylari, g'azallari, tuyuqlari. Alisher Navoiy lirikasi o'rta asrlar o'zbek lirikasining eng yuksak boshqichini tashkil etadi. Ulug' shoir o'zigacha rivojlanib kelgan lirik she'riyatni mavzu, g'oya, vazn va badiiy uslub jihatlarini o'lkan mehnat va mahorat bilan misli ko'rilmagan darajada takomillashtirib. Alisher Navoiy lirik merosida qadim turkiy she'riyat hamda fors - tojik adabiyoti tajribalari uyg'un ravishda mujassamlashdi. Navoiy turkiy va forsiy tillarda birday mahorat bilan qalam tebratgan zabardast zullisonayn shoir edi. Ammo turkiy tilda she'r bitishda hech kim Navoiydek kamolot qozonmagan. Shoirning piri va ustozi Abdurahmon Jomiy o'zining Bahoriston asarida Navoiyning nodir iste'dodiga, zullisonaynlik salohiyatiga tahsinlar aytadi hamda uning turkiy nazmidagi balog'atiga yuksak baho beradi. Ya'ni Jomiy aytmoqchiki, turkiy tilda hech kim Navoiydek ko'p va xo'p she'r aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi. Navoiyning Orazin yopqach so'zlari bilan boshlanadigan g'azaliga mavlono Lutfiy bergan bahodan kelib chiqadigan bo'lsak, shoir bu davrda 14-15 yoshlarda edi. Demak, Alisher 1455-1456 yillardayoq shoir bo'lib yetilgan. Ma'lumki Navoiy 1456-1464 yillarda Mashxhdda yashagan. U yerdan Hirotga qaytganida esa. u o'z she'rlari bilan shuhrat qozongan 23 yoshlardagi navqiron yigit edi. Navoiyning o'zi 1465-yili bir asarida: iyxom yoki xosa ma'ni kabi nozik san'atlar bilan ziynatlanadigan she'rdan bir kunda yuz baytini bitish men uchun xolva, deya faxrlangan edi. Alisher Navoiy o'zbek adabiyotida she'riy devon yaratish an'anasini ham haddi a'losiga ko'tardi. Shoirning sakkizta devoni mavjud. Shulardan yettitasini rasmiy devon uslubida Navoiyning o'zi tuzgan. Dastlabki devonni uning mashhur bo'lib ketgan she'rlarini jamlab shoirning zamondoshlari tuzishgan. Alisher Navoiy o'zi tuzgan birinchi devonini Badoye ul-bidoya (G'o'zallikning boshlanishi) deb nomlagan. Ushbu devon 1469-yildan keyin, ya'ni Husayn Bayqaro saltanatni qo'lga kiritganidan so'ng, uning topshirig'i bilan tuzilgan. Alisher Navoiy ushbu devonga maxsus debocha ham yozganki, unda devonning yaratilishi sababi o'ziga xos xususiyatlari, shoirning ijodiy nuqtayi nazari, dasturi aks etgan. Ikkinchi rasmiy devonda Alisher Navoiy Navodir un-nihoya (Nodir tugallanish) deb atadi. 1480-1487-yillar oralig'ida tuzgan bu devoniga shoir birinchi devoni tuzilganidan keyin yozgan barcha o'zbekcha she'rlarini kiritdi. Alisher Navoiy 1492-1498 yillar mobaynida oldingi rasmiy devonlariga kirgan va keyinchalik yaratilgan she'rlarini hamda, muayyan sabablarga ko'ra, avvalgi devonlariga kirmagan o'zbekcha she'rlarini jamlab, to'rt mustaqil devondan iborat lirik kulliyoti - Xazoyin ul-maoniy (Ma'nolar xazinasi)ni yaratdi. Ushbu lirik kulliyot ulug' shoirning butun umri mobaynida yozgan, 16 lirik turga mansub ellik ming misradan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.39 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.39 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga