al-Xorazmiy (783-847)

al-Xorazmiy (783-847)

O'quvchilarga / Adabiyot
al-Xorazmiy (783-847) - rasmi

Material tavsifi

MUXAMAD IBN MUSO XORAZMIY (783-847) qadimgi Xorazm diyorida tugilib, voyaga etadi. g'oyatda o'tkir zexnli, noyob qobiliyat soxibi bo'lgan al-Xorazmiy yoshlik chogidan boshlab aniq va tabiiy fanlarni o'rganishga kizikdi, arab, fors, xind va Yunon tillarni egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni kunt Bilan ukib, mutolaa kildi. U dastlabki ta'limni xususiy muallimlardan oldi va sungra usha davrning yirik ma'rifat markazlaridan biri bo'lgan Marv madrasasida ukidi. Xalifa Xorun ar- Rashidning o'g'li Mamun xalifalik taxtiga utirgach (813 y) u Muhammad Muso al- Xorazmiyni o'zi Bilan birga Bogdodga olib ketadi va u yerda tashkil etilgan «Bayt ul- xikma» ga boshlik etib tayinlandi. Bogdodda u Suriya, Irok, Eron, Xuroson va Movarounnahr olimlari bilan ijod qiladi. Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod kildi. Uning «Al jabr val mukobala» («Tenglamalar va qarshilantirish»), «hisob al- xind» («Xind hisobi»), «Kitob surat al Arz» («Yer surati haqida kitob»), «Kitab at-tarix» («Tarix kitobi»), «Kitob al- Amal Bil Ustirlabat» («Usturlob Bilan ishlash haqida kitob») kabi asarlari olimga jahonshumul shuxrat keltirdi. Xorazmiy yaratgan 20 dan ortik asardan bizning davrimizgacha fakat 10 tasi etib kelgan. Xoarzmiy ijodi merosida «Aljabr va al- mukobala» kitobning ilmiy ahamiyati nixoyatda buyukdir. Bu kitobi Bilan u matematika tarixida birinchi bo'lib algebra faniga asos soldi. «Al-gebra » atamasi Ushbu kitobning «al-jabr» deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematikada «algoritm» atamasi shaklida o'z ifodasini topdi. Uning «Al jabr» asari asrlar davomida avlodlar kulida yer o'lchash, arik chiqarish, bino ko'rish, merosni taksimlash va boshqa turli hisob va o'lchov ishlarida dasturulamal bo'lib xizmat kildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayok Ispaniyada lotin tiliga tarjima kilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik asrlar davomida Yevropaolimlari Xorazmiy asarlarini qayta-qayta ishlab, u asosida asarlar yozdilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi Xind rakamlariga asoslangan unlik pozitsion xisolash tizimi Yevropada, kolaversa, butun Dune taraqqiyotida buyuk ahamiyat kasb etdi, algebrani mustaqil Fan darajasiga kutarildi. Olimning «Kitob at-Tarix» («Tarix kitobi») da Xuroson, Kichik Osiyo va Movarounnahrning VII-IX asrlar tarixigi oid qisqa va aniq ma'lumotlar o'z ifodasini topgan. Xorazmiyning «Zij» («Astronomik jadval»), «quyosh soati haqida risola » asarlari falakiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga katta xissa kushdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.86 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.86 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga