Attika davri (eramizdan avvalgi V-IV asrlar)

Attika davri (eramizdan avvalgi V-IV asrlar)

O'quvchilarga / Adabiyot
Attika davri (eramizdan avvalgi V-IV asrlar) - rasmi

Material tavsifi

Attika davri (eramizdan avvalgi V-IV asrlar) Reja: Davrning ijtimoiy xarakteri Tragediya janri Mashhur vojialanist shoirlar Sahna asarlarining yashovchanligi Adabiyotlar: 1.Sh.Normatova. Jahon adabiyoti. T., 2008. 2.Esxil. Zanjirband Prometey. M., 1990. 3.Sofokl. Shoh Edip. T., 1997. .Boynazarov. Jahon adabiyoti. T., 2006. .Boynazarov. Antik adabiyot. T. 1994. Eramizdan oldingi V asrning dastlabki yillarida boshlangan qizg'in ishtimoiy va siyosiy voqealar - Yunon elining eski ibtidoiy tuzimidan asta-sekin sinfiy davlatga aylanib borishi, mamlakatda demokratik harakatning tobora mustahkamlanishi, Eron - Yunon urushlari yillarida mislsiz milliy birdamlik va dushman ustiga g'alaba qozonish ishtiyoqi, nihoyat, urushdan keyingi ijtimoiy va madaniy ko'tarilish - o'z ifodasini hammadan ko'ra ko'proq Esxil ijodida topadi. Barcha Yunon adiblar singari, Esxilning hayotiga doir ma'lumotlar ham tarixda juda oz saqlanib qolgan. Binobarin, ulug' drammaturgning hayoti haqida to'laroq mulohaza yuritishning imkoni yuq. Shoir taxminann 525 - 524 - yillarda Elivsin shaxrida aszoda aristokrat oilasida tug'iladi, o'smirlik chog'larida yirik - yirik ijtimoiy va siyosiy hodisalarning shohidi bo'ladi, 15 yoshga yetar - yetmas afinaliklarni shiddatli kurashlar natijasida tiranlik saltanatining ag'darilishi, shundan keyin demokratlar bilan aristokratlar o'rtasida boshlangan keskin janglar va nihoyat, demokratik tuzimning tantana qozonganini shoir o'z ko'zi bilan ko'radi. Esxil Eroniylarga qarshi olib borilgan ulug' muxorabadan ham chetda qolmaydi: Marafon va Plateya shaharlaridagi, Salamin orolidagi qirg'in janglarda faol qatnashdi. Esxil ijodining dastlabki mahsuli Iltijogo'ylar tragediyasidir. Asarning voqeasi podshox Danaining ellikta qizi haqidagi Danaidalar afsonasidan olingan. Danaidalarning ellikta amakivachchalari, podshox Egiptning o'g'ilari ularni zo'rlik bilan xotinlikka olmoqchi bo'ladilar. Shaxzodalarning surbetligidan nafratlangan Danaidalar otalari Danay bilan birga panox axtarib Yunonistonning Argos shaxriga, podshoh Pelasg yurtiga kelishadi. Pelasg alamdiydalarga yordam ko'rsatishga tayyoru, ammo fuqarodan bemaslahat ish tutishga andisha qilib, ularning iltimosini Argos aholisiga havola etadi. Xalq danaidalarning iltimosini bajonidil qabul qiladi. Shu asnoda Egipt bolalari ham Argosga yetib kelib qizlarga elchi yuboradilar. Podshoh Pelasg dinaidalarni himoya etishga tayyor ekanligini aytgach elchi shahar ustiga lashkar tortib kelishini pisanda qilib, dag' - dag'a bilan orqasiga qaytadi. Biroq xavf - xatar bartaraf qilingani bilan qilarning ko'nglidan dilgirlik ko'tarilmaydi. Asarning oxirida kanizaklar xori Afroditaning ulug' qudrati madhini qilib qizlar o'zlarining o'jarliklari bilan ma'budani ranjitib qo'ymasmikan, degan mulohazani izhor etadi. Iltijogo'ylar tragediyasi aslda uch qismdan iborat bo'lib uning keyingi qismlari bizga qadar yetib kelmagan. Ammo sarkash qizlar haqidagi afsonani intihosi ma'lum: yigitlar zo'r Bilan nihoyat danaidalarni xotinlikka olishga muyassar bo'ladilar, biroq alamzada qizlar nikoh kechasi qasos olib, kuyovlarni o'ldiradilar. Faqat Gipermestra degan bir danaidagina bunday og'ir jinoyatga jur'at qilolmay, erini omon qoldiradi. Nihoyat, mifning xotima qismida lafzidan qaytib, opa-singillariga xiyonat qilgan Gipermestra ustidan sud haqida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.09 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:54 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.09 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga