Boborahim Mashrab hayoti va ijodi. G'azallari Dars rejasi: 1. Mashrabning dunyoga kelishi. 2. Mashrab hayoti va ijodi haqida ma'lumot beruvchi manbalar. 3. Mashrabning ilohiy kechinmalari va umuminsoniy fazilatlar. Tayanch so'z va iboralar: Valibobo, taqvodor muallim, g'ayritabiiy odatlari,ustozlari, valiylik xislatlarining namoyon bo'lishi, shoirning o'limi bilan bog'liq voqealar, shoir lirikasi, g'azallarining badiiy xususiyatlari. Boborahim Mashrab hijriy 1050 (milodiy 1640)-yili Namanganda kambag'al kosib Valibobo bo'zchi xonadonida tug'ildi. U otasidan yosh yetim qoldi. Boborahim maktab ta'imini namanganlik taqvodor muallim qo'lida oldi. Mashrab yoshligidan majnuntabiat, qalandarvash, so'fisurat qiyofa kasb etib boradi. Uning g'ayritabiiy odatlari, so'zlari, yurgan yo'lida aytadigan bayt-u g'azallari ota-onasi va xaloyiqni hayron qoldiradi. Onasi ne orzu havaslar bilan o'g'liga yangi liboslar kiygizsa, Mashrab duch kelgan ojiza bechoralarga kiyimlarini yechib berar va o'zi yalong'och yurar edi. O'g'illaridagi bu xislatlarni tushunmay, ota-ona havotirga tushib, Mashrabni o'sha davrdagi yirik taqvodor, pir-u murshidlardan biri - mullo Bozor oxundga uchrashtiradilar. Mashrab xosayi Xudoyi taolo bo'lmish ilmi qaybdan Zo'r masala so'rab, mullo Bozor oxundni ham lol qoldiradi. Mashrab Tangri taoloning muhabbati yo'lida o'rtangan chinakam devonavor oshiq ekanligini birinchi bo'lib mullo Bozor oxund payqaydi. Chunki Mashrab yurgan yo'lida oshikona bayt-u g'azallar aytib, muhabbat bozorini qizdirayotgan qalandar bo'lib yetishayotgan edi. Qo'lum oling, yo pirim, manda toqat qolmadi, Yo'lga soling, yo pirim, menda holat qolmadi Kimyonazar Ofoq xoja Mashrabdagi ilohiy iste'dodga ravnaq bag'ishlaydi. Ofod xoja dargohida Mashrab yetti yil xizmat qildi. Uch yol o'tin tashidi, yana uch yil mashqda suv tashidi, bir yil ostonada yotdi. Bu yetti yilni u atigi bitta po'stin kiyib o'tkazdi. Yozda uning charmini kiysa, qishda yungini kiyar edi. Muridlik burchi, pirning parvarishi va Tangri muhabbatiga muassar bo'lish shunday riyozat chekishni taqozo etardi. Mashrab riyozat, ziyorat va sayr-u sayohatda davom etib, g'amgin-u parishon ahvolda Yorkentga boradi, Hazrat Ali Karamullohu vajxaning avlodlaridan hazrat imom Ja'fari Sodiq raziyallohu anhuni ziyorat etish uchun Hutan viloyatida musofir bo'ladi. Hutan oxundlari ilmixol - ilohiyot sirlarini bilish ilmidagi salohiyoti bilan dog'da qoldiradi. Mashrab Haylaga borganida, uning boshidan Navoiyning qahramoni Shayx San'on sarguzashtidek ishq savdosi Iyla hukmdori Kuntojixonning qizi Ofoq bilan munosabatda kechadi. Mashrabdagi sidq-u safo tarsozodalarni maftun etadi, unga ixlos va muhabbat samarasi o'laroq Kuntoji, uning xotini, qizi Ofoq islom diniga iymon keltirib, musulmonchilikni qabul qiladilar. Qazo hukmiga muvofiq, Mashrab o'z ajalini izlab Balxga shahriga boradi va Mahmud Qatag'on saroyida xiyla karomatlar ko'rsatadi. Mashrab, o'ziga ayon bo'lganidek, kushandasi Mahmud qatag'on ekanligini unga takror va takror ochiq oydin aytadi ham: ey Mahmudxon, g'alat aytursan, mani sarnavishtimda ajalim sening qo'lingda bitilgan. Maning vasiyatim sanga shulki, mani jasadimni ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.35 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.35 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:58 ]
Arxiv ichida: doc