Boshqird va chuvash​ totorlari adabiyoti

Boshqird va chuvash​ totorlari adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Boshqird va chuvash​ totorlari adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Boshkird va chuvash totarlari adabiyoti Reja: 1. BoshKird xalq folklori. 2. BoshKird yozma adabiyotining shakllanishi. 3. XX asr boshKird adabiyoti. Chuvash xalq adabiyoti. Tayanch so'z va iboralar: Sesenlar. M.Gofuriy, XX asr boshKird adabiyoti. «Boshmogim» dramasi, roman, povestlar. Chuvash xalq folklori. P.Xuzangay. Adabiy janrlar. BoshKird xalqi o'z yozuviga faKat XX asrdagina ega buldi. Bu xalqning adabiyoti tarixi folklor asarlaridan iborat. Yozma adabiyotning shakllanishida «Sesenlar» deb ataluvchi boshKird xalq shoirlarining roli katta bo'lgan. Ular rang-barang janrlarda ijod etishgan. Bular orasida tarixiy KushiKlar, baytlar, ertak va rivoyatlar, dostonlar kupchilikni tashkil etadi. BoshKird adabiy tilining shakllanishi XX asrning 20-yillariga to'g'ri keladi. Lekin xalq bahshilari avvaldan adabiyotni rivojlantirib kelgan. XIX asrda yashagan shoir OKmulla xam totar, xam boshKird tilida ijod Kilgan. Ye.Pugachevning yaqin safdoshi Salovat Yulaev xam talantli shoir bo'lgan. XX asrgacha totar tili boshKirdlarga adabiy til vazifasini utagan. Shuning uchun totar tilidagi badiiy adabiyot boshKirdlar uchun xam adabiy meros hisoblanadi. BoshKird adabiyotining asoschisi Majid Gofuriy, birinchi boshKird yozuvchilari S.Kudash, A.Tagirov, D.Yultiylar xam o'z asarlarini dastlab totar tilida ijod Kilganlar. BoshKird adabiyotining rivojiga xam katta xissa qo'shgan M.Gofuriy «KashshoKlikda kechgan umr», «Kambagallar», «Bozorda» kabi asarlarini rus yozuvchilaridan, ayniqsa, Nekrasovdan urganib yozdi. 1919 yil BoshKirdiston Avtonom Respublika deb elon Kilindi. BoshKird teatri tashkil etildi. X.Ibroximov «Boshmogim» nomli birinchi boshKird dramasini yozdi. 20-30 yillar boshKird adabiyotida poeziya yetakchilik Kildi. Davr va uning yangiliklari haqida unlab sheriy to'plamlar va bir Kancha dostonlar yaratildi. Shu bilan birga, A.Tagirovning «Don fabrikasi», A.Karnayning «Saxrodagi chiroKlar», Nosiriyning «Sibay» povestlari yozildi. Bular birinchi boshKird proza asarlari edi. KeyinroK A.Tagirov «Soldatlar», Yultiy «Kon», Nosiriy «Xujum» kabi romanlarini yozdi. Shunday qilib, boshKird yozma adabiyoti shakllandi. Bunga ma'rifatparvar yozuvchi M.Gofuriynig hissasi katta buldi. M.Gofuriy 1980 yilda BoshKirdistonda o'qituvchi oilasida tug'ilgan. Yoshligida ota-onasidan etim Kolib, ogir hayotni boshidan kechirdi. U sharq klassik poeziyasi va boshKird folklorini chuqur urgandi. Ulardan ijodiy foydalanib, uzining dastlabki «Yosh umrim», «Millatga muhabbat» kabi sheriy to'plamlarni yozdi. Bu to'plamlardagi ayrim sherlarda Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini tanqid qilishgan edi. Shuning uchun shoir chor mamurlari tomonidan taKibga uchradi. Keyinchalik u «FaKirlikda utgan hayot», «Sibir temir yo'li» singari sher va dostonlarida xalq ozodligini kuyladi. «Men va xalqim», «Yigi», «taqdir» kabi sherlarida xam xalq istiqloli g'oyasi kuylandi. U 20-yillarda «Ishchi» nomli doston, «Turmush bosqichlari», «TaxKirlanganlar» kabi povestlarini yozdi. Shoir «U kim» nomli sherida imperialistik urushlarni tanqid Kildi. Begunox odamlarning ulib ketayotganligiga sabab davlat boshliKlari deb bildi. Shuning uchun u soldatlarga murojaat qilib bir-birlaringizni uldirmanglar deydi. Xullas, M.Gofuriy o'z ijodi bilan boshKird adabiyotining asoschisi buldi. Ikkinchi jahon urushi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.17 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.17 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga