Buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur (1336-1405)

Buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur (1336-1405)

O'quvchilarga / Adabiyot
Buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur (1336-1405) - rasmi

Material tavsifi

Buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur (1336-1405) Amir Temur - o'rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi - 1336 yil 7 aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg'or qishlog'i (hozirgi Yakkabog' tumani)da tug'ildi. Uning to'liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag'oy ibn Amir Barqul. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Tarag'oy esa barlos urug'ining oqsoqollaridan hamda Chig'atoy ulusining etiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi Amir Tarag'oy ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo'yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yig'inlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u Sharafuddin Ali Yazdiyning takidlashiga ko'ra, ulamo va sulaho va muttaqiylarga mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi. Tarag'oybek piri Shamsiddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri bo'lgan. Tarag'oybek 1360 yilda vafot etgan. Amir Temurning yoshligi Keshda o'tdi. Yetti yoshga to'lgach, otasi uni o'qishga berdi. Temur yoshlik chog'laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o'q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o'yinlar bilan mashg'ul bo'lgan. Shu asnoda Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir bo'lib voyaga etgan. U tabiatan og'ir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo'lgan. Shu tufayli o'spirinlik chog'laridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli do'stlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi do'stlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va b.) to'planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo'lishib, harbiy bo'linma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qo'shinida lashkarboshilik darajasigacha ko'tarilganlar. Amir Temur o'zining ilk harbiy faoliyatini qo'l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o'zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko'rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dong'i butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazag'on bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi Amir Tarag'oy Amir Temurni avval 1355 yilda amir Joku barlosning qizi Nurmushk og'oga, so'ngra o'sha yili Qazag'onning nabirasi va amir husaynning singlisi O'ljoy Turkon og'oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o'rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo'g'ullarga qarshi kurashadilar. XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr Vatanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy tarixiy ijtimoiy saboq davri hisoblanadi, chunki bu davrda mo'g'ullar hukmronligi va feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.36 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.36 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga