Chingiz aytmatov ijodi

Chingiz aytmatov ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Chingiz aytmatov ijodi - rasmi

Material tavsifi

Chingiz Aytmatov ijodi Reja: 1.Chingiz Aytmatov - hozirgi dunyoning ulkan adibi. 2. Qissalarda hayot haqiqatining aks etishi. 3. Romanlaridagi axloqiy-ma'naviy g'oyalar. Chingiz Aytmatov qirg'iz xalqining ulug' yozuvchisidir. Uning nomi XX asrda xalqaro miqyosda tan olingan jahon adabiyotining butok vakillari bilan bir safda turadi. Ayni vaqtda ko'pdan-ko'p taniqli adabiyotshunos olimlar uni L.N.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, Folkner kabi adiblar qatoriga qo'yadilar. Shu ma'noda u hayotlik chog'idayoq mumtoz (klassik) adib degan yozuvchi uchun nihoyatda sharafli e'tirofga munosib bo'lgan so'z ustasidir. Uning asarlari jahonning yetmishdan ortiq tiliga tarjima qilingan. U qirg'iz va rus tilida birdek ijod qiluvchi zullisoynayn yozuvchidir. Qirg'iz va rus madaniyati, yozma adabiyotining taraqqiyoti darajasidagi, milliy fikrlashdagi, tilidagi o'ziga xosliklar, farqlar juda katta ekani barchaga ayon. Muallif ayrim asarlarni avval qirg'iz tilida yozib (masalan, «Oq kema», «Alvido», «Gulsara»), so'ng qirg'iz tiliga o'girildi. Yozuvchi asarlarida shu kunning dolzarb hodisalari xalq og'zaki ijodi orqali yetib kelgan afsonalar, rivoyatlar bilan singishib ajib bir yaxlitlik tashkil etadi. CH.Aytmatov asarlari ziyo soluvchi quyosh-insoniyat tarixidagi eng ulkan dostonlardan biri sanaluvchi qirg'iz «Manasi»dir. CH.Aytmatov o'zbek xalqi va o'zbek adabiyotining katta do'stidir. Vizantiya madaniyati jahon madaniyati ravnaqiga nechog'li ko'rsatgan bo'lsa, o'zbek madaniyati Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojiga shu darajada ta'sir ko'rsatgandir, deydi Chingiz Aytmatov (Yozuv-jada ta'sir ko'rsatgandir, deydi Chingiz Aytmatov). Yozuvchining deyarli barcha yirik asarlari o'zbek tiliga o'girilgan. Uning qissa, romanlarini o'zbek kitobxoniga yetkazishda Asil Rashidov, Ibrogim G'afurov kabi mohir tarjimonlar astoydil mehnat qilmoqdalar. Xalqlar o'rtasida tinchlikni, adabiyotlar o'rtasida do'stlikni mustahkamlash ishida Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirgan Chingiz Aytmatov 1928-yil 12 dekabrda Qirg'izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ildi. Bobosi Aytmat og'a ajoyib qo'bo'zchi edi. U temir yo'lda ishlashi bilan o'g'li To'raqulni Avliyo otadagi rus-tuzim maktabiga joylashtirdi. Keyinchalik, To'raqul Aytmatov Qirg'izis-tonning katta davlat arbobi darajasiga ko'tarildi. Biroq, afsuski, shaxsga sig'inish davrining qurboni bo'ldi. Chingizning onasi Naima Aytmatova o'qimishli, oqila ayol edi. Bo'lajak adibga bolalik yillarida buvisi Oyimxon aya va uning qizi Qoraqiz opa ko'pdan-ko'p rivoyat, afsona, qo'shiqlar aytib berishdi. Yozuvchi asarlariga bolalikdan eshitgan shu rivoyatlarning muayyan ta'siri bo'lsa, ajab emas. Chingiz avval rus maktabida o'qidi, so'ng qirg'iz maktabida o'qishni davom ettirdi. U 1956-1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. U turli yillar davomida Qirg'izistondagi yetakchi adabiy jurnal «Literaturniye Kirgizistan»ning bosh muharriri, «Pravda» ro'znomasining jumhuriyatdagi muxbiri, Qirg'iziston kinematografchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo'lib ishladi. U jumhuriyat kinosi rivojiga ham katta hissa qo'shdi. Qirg'iz kino san'ati ham xuddi badiiy adabiyoti kabi Chingiz Aytmatov asarlarining ekranlashtirilishi misolida jahon miqyosiga chiqdi. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 28.37 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 28.37 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc, docx
Tepaga