Chingiz Aytmatov va uning Jamila qissasi

Chingiz Aytmatov va uning Jamila qissasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Chingiz Aytmatov va uning Jamila qissasi - rasmi

Material tavsifi

Chingiz Aytmatov. Jamila qissasi. Dars rejasi: Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati. Jamila qissasida ifodalangan pokiza muhabbat, inson erki va huquqi, asriy udumlarga munoabati ifodasi. Tayanch so'z va iboralar: Hayot yo'li, asarlari, Oltovlon va yettinchi hikoyasi, Jamila qissasidagi obrazlar, muhabbatning ilohiy tuyg'u ekanligi, otashin sevgi. Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati. Jamilaqissasida ifodalangan pokiza muhabbat, inson erki va huquqi, asriy udumlarga munosabat ifodasi. Chingiz Aytmatov qirg'iz xalqining ulug' yozuvchisidir. Uning nomi XX asrda xalqaro miqyosida tan olingan jahon adabiyotining buyuk vakillari bilan bir safda turadi. Chingiz Aytmatov o'zbek xalqi va o'zbek adabiyotining katta do'stidir. Vizantiya madaniyati jahon madaniyati ravnaqiga nechog'lik ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, o'zbek madaniyati Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojiga shu darajada ta'sir ko'rsatgandir, - deydi Chigiz Aytmatov. Yozuvchining deyarli barcha yirik asarlari o'zbek tiliga o'girilgan. Uning qissa, romanlarini o'zbek kitobxoniga yetkazishda Asil Rashidov, Ibroxim G'ofurov kabi mohir tarjimonlar o'rtasida do'stlikni mustahkamlash ishida Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida o'lkan ishlar amalga oshirmoqda. Chingiz To'raqulovich Aytmatov 1928-yil 12-dekabrida Qirg'izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ildi. Bo'lajak adibga bolalik yillarida buvisi (dadasining onasi) Oyimxon aya va uning qizi Qoraki opa ko'pdan ko'p ertak, afsona, qo'shiqlar aytib berishdi. Yozuvchi asarlariga bolalikda eshitgan shu rivoyatlarning muayyan ta'siri bo'lsa, ajab emas. Chingiz avval rus maktabda o'qidi, so'ng qirg'iz maktabda o'qishni davom ettirdi. Urush davrida Shakar qishloq kengashida kotiblik qildi, traktorchilar brigadasida hisobchi bo'ldi. Qirg'iziston qishloq xo'jalik institutini tugatib, 1956-yilgacha uch yil zootexnik bo'lib ishladi. Asrga tatigulik kun (1980) Chingiz Aytmatovning jahon miqyosidagi o'rni va shuhratiga yangi shuhrat qo'shdi. Adib bu asarida ham o'z ijodiy uslubiga, rang-tiplariga sodiq qolib, hayotdagi hamma ham e'tibor beravermaydigan, oddiy mehnatkash kishilar taqdirini badiiy aks ettirdi. Chinakam odam bo'lib yashash kerakligi hammaga ma'lum. Chingiz Aytmatovning Asrga tatigulik kun romani ana shu- hinakam odam sifatida hayot kechirish qiyin ekanini ro'y-rost, haqqoniy va halol, badiiy jihatdan teran ko'rsatib berishga bag'ishlangan. Asar qahramonlarini ham, shunchaki, yaxshi yoki yomon deb bo'lmaydi, ular murakkab insoniy taqdirga ega kishilardir. Umuman olganda Chingiz Aytmatovning Asrga tatigulik kun asarida odamiylik yaqqol ko'rsatilgan. Bu asarni o'qigan odam olam - olam ma'no oladi. «Bizning ovulimizda yetti pushtingni bilish aqidasiga qat'iy rioya qilinardi. Shu sababdan o'zimizdan oldin o'tgan yetti ajdodimizni bilish muqaddas burch ekanligi bolalikdanoq ongimizga singdirilardi. Odatda ovul qariyalari bu borada o'g'il bolalarni: «Qani ayt-chi, botir, kimlarning avlodidansan? Otang kim? Otangning ota-bobolari kimlar? Nima ish bilan shug'ullanishgan? Odamlar ular haqida nima deydi?» kabi savollar bilan sinashardi. Agar bola bu savollarga javob berolmasa, uning ota-onasi qattiq izza qilinardi. Aytmat bobomni men ko'rmaganman. U ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.04 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.04 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga