Farhod va Shirin dostoni

Farhod va Shirin dostoni

O'quvchilarga / Adabiyot
Farhod va Shirin dostoni - rasmi

Material tavsifi

Farhod va Shirin dostoni. Dars rejasi: 1. Xamsachilik tarixidan. 2. A.Navoiy -ilk turkiy Xamsa muallifi 3. Farhod va Shirin dostoni qahramonlariga tavsif bering. Tayanch so'z va iboralar: Xamsanavis shoirlar, o'zbek adabiyotida turkiy Xamsa ning yaratilishi, Farhod obrazi, Shirin, Mehnbonu, dostonda mehnatsevarlik, do'stga sadoqat kabi insoniy fazilatlarning ulug'lanishi. Alisher Navoiyning mukammal inson haqidagi orzu-o'ylari Xamsa ning ikkinchi dostonida Farhod timsolida o'z ifodasini topdi. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. U ilgari ko'proq Xusrav va Shirin shaklida mashhur edi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy (923-yili vafot etgan)uni Xusravning eng suyukli xotini bo'lgan deb xabar beradi. Bal'amiy (996-yili vafot etgan) fikricha, undan go'zal ayol bo'lmagan. Nima bo'lganda ham, o'z sevgisini o'limi bilan isbot etgan bu go'zal malika haqida ko'plab rivoyat va afsonalar to'qilgan. Hatto, arab sayyohi Yoqut (1179-1229) Shirin muhabbati haqida Behustun tog'ida Doro yozdirgan yozuvlarni o'z ko'zi bilan ko'rganini ma'lum qiladi. U haqda birinchi marotaba yozma adabiyotda Firdavsiy doston yozib, Shohnomasiga kiritgan. Nizomiy esa uni alohida ishqiy sarguzasht doston holiga keltirdi. U XIV asrda Qutb tomonidan turkiyga tarjima ham qilindi. Nizomiyda tasvirlanishicha, Xusrav Eron shohi Xurmuzdning tilab olgan o'g'li bo'lgan. Shopur uning yaqin do'stlaridan, u yurtlarni kezarkan, Shirinning daragini topib keladi. Yo'lini qilib, unga Xusrav haqida xabar beradi. Ular uzoq vaqt bir - birlari bilan ko'risholmay, g'oyibona muhabbat qo'yib yuradilar. Buning ustiga, Xusrav taxt tashvishlari bilan bo'lib, Shirinni unutib yuboradi. Shiringa qasr qurish va ariq qazib berish jarayonida Farhod (u Firdavsiyda yuk) asarga kirib keladi. U Shirinni yaxshi ko'rib qoladi. Qisqa muddatda qurilishni bitiradi. Shirin Farhod ustidan dur - gavharlar sochishni buyuradi. Farhod ularga parvo qilmay, Shirin xayoli bilan sahroga ketadi. Bu gaplar Xusrav qulog'iga ham yetib boradi. Xusrav va Farhod o'rtasida savol - javob bo'ladi. Farhod o'z muhabbatidan voz kechmaydi. Xusrav hiyla bilan albab, Farhodni halok etadi. Farhodning o'limi Shiringa qattiq ta'sir etadi. Nihoyat, uzoq mojarolardan so'ng Xusrav va Shirin bir - birlariga yetishadilar. Biroq o'rtada Xusravning rumlik Maryam degan xOtinidan bo'lgan o'gli Sheruya Shirinni ko'rib, sevib qoladi. Otasini o'ldiradi va Shiringa uylanmoqchi bo'ladi. Shirin esa Xusrav qabriga kirib, xanjar bilan o'zini halok etadi. Xusrav Dehlaviy o'z Shirin va Xusravida Nizomiy izidan bordi. Lekin Farhod obraziga ayrim aniqliklar kiritdi. Masalan, Nizomiyda Farhodning kelib chiqishi haqida ma'lumot yo'q. Xusrav Dehlaviyda u Chin xoqonining o'g'li. Shirin bilan Farhodning ilk uchrashuvlari ham boshqacharoq kechadi. Navoiy Farxod va Shirindagi yaratuvchilik va sevgi dostonini shavq dostoni deb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.34 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.34 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga