Guldursun, Qaytar dunyo afsonalari Dars rejasi: 1. Afsona, asotir, rivoyatlar haqida ma'lumot 2. Shiroq va To'maris afsonalari 3. Qaytar dunyo va Guldursun afsonalarining tarbiyaviy ahamiyati. Tayanch so'z va iboralar: Badiiy to'qima, yo'q narsani borday qilib ko'rsatish, sehrli voqea -hodisalar, og'zaki ijodining epik turlaridan biri, afsonalar tiklanishi, vatan xoinlariga nisbatan kuchli nafrat. Afsonalar dunyodagi deyarli hamma xalqlar og'zaki ijodining eng qadimgi, aziz va ommaviy janrlaridandir. Ularda tarixiy hayotda ro'y bermagan bo'lsa-da, ro'y berishi mumkin bo'lgan voqealar hikoya qilinadi. Badiiy to'qima bu janr asarlarining asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Shuning uchun olimlar afsonalarning ayrimlarini ertaklarga tenglashtirganlar. Ayrim afsonalar esa miflarga o'xshab ketadi. Ammo miflar mazmunan afsonalardan farq qiladi. Afsona forscha (afsona) so'zdan olingan bo'lib, yo'q narsani borday qilib ko'rsatish, ya'ni jodulash, to'qish, uydirma qilish ma'nosini anglatadi. Afsonalar ijro etilishi jihatidan ertak, doston, qo'shiq, askiya kabi alohida tayyorgarlik ko'rishni talab qilmaydi. Shuning uchun bu namunalarda matnga xos maxsus an'ana ko'zga tashlanmaydi.Ularda sehrli voqea-hodisalar shunaqa tasvirlanadiki, odam tinglayotganini o'ziyam bilmay qoladi. Ma'lumki, qadim zamonlarda ajdodlarimiz diniy e'tiqodlarga berilib kelganlar. Afsonalarning ko'pchiligi payg'ambarlar, avliyolar hayotidan olingan voqealarni eslatadi. Kunlardan bir kun Muso payg'ambar Xudo oldiga ketayotgan ekan, erta bahor bo'lishiga qaramay, don ekayotgan qehqonni ko'rib qolibdi. Muso hali unga don ekishga erta ekanini aytibdi. Dehqon unga tajribasiga ishonib, uning gapini rad etibdi. Xudo bilan suhbatda Muso bu munozara yechimini so'raganda, Xudo dehqonning haq ekanini, ammo Muso gapini inobatga olish kerakligini bildiribdi. Shunday qilib, Muso Xudo oldidan qaytayotganida, havo sovugan, qor shamol esayotganmish. Dehqon esa hayron bo'lib osmonga qararmish. Shunda Muso o'zining haq ekanini dehqonga eslatibdi, dehqon istehzo bilan kulib, don ekish vaqti kelishga kelgan, havoning buzilishi mening sen bilan tortishganim oqibatidir -deb javob beribdi. Shu -shu ekish paytida havo buzilsa, dehqonning payg'ambar gapiga ko'nmaganini eslarkan. Xalqimiz orasida Shirin qiz, Oyda nima uchun dog' bor, quyosh bilan oy bir oilada yashagani, yulduzlar ularning bolalari ekani haqidagi afsonalar ko'p. Qonqus, Kuygan yor, Oshiba, Andijon, Tuya cho'kdi kabi yuzlab afsonalar borki, ulardan yozuvchilarimiz ham o'z ijodida foydalanadilar. Demak, afsonalar xalq og'zaki ijodining epik turlaridan biri ekan. Ular tasvirlangan voqealar asosan ijobiy to'qimalar zaminidan yaratilgan. Bu janr namunalarini aytib beruvchi shaxs asar mazmunini saqlagan holda ma'lum o'zgartirishlar kiritish mumkin. Afsonalar mazmun jihatidan xilma-xil voqealar hikoya qilinadi. Bu jihatdan ular asotiriy voqealarini, kosmik jismlarni, o'rin-joy nomlarini, odatlarni izohlovchi turlarga bo'linadi. Ular xalqimiz tarixini o'rganishda turli urf-odatlar, rasm-rusumlar, an'analarni shakllantirishda, joy nomlarini izohlashda muhim ahamiyatga ega. Urganchda qadimgi afsonalar tiklana boshladi. Shaharlarning rivojlanishi natijasida me'morchilik alohida mavqega ega bo'la boshladi. Bu davrda badiiy ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.04 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.04 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:05 ]
Arxiv ichida: doc