Imom at termiziyning hadis ilmini taraqqiy etishdagi o'rni. Imom at-Termiziy milodiy 824 yilning kuzida (yoki 825 yilning bahorida, xijriy 209 yilda) Bug kishlogida dehqon oilasida (bazi manbalarda kambagal oilasida deb ko'rsatilgan, bu noto'g'ri talqin bo'lishi kerak, chunki Marvda yashagan uning bobosi o'rtaxol kishi hisoblanib, urush natijasida Termizga kuchib kelgan, Marvda ancha yaxshi hayot kechirishgan) tug'ilgan. Otasi dehqonchilik bilan shugullanadi va Abu Iso tug'ilishidan sal oldinrok Termizdan Bug kishlogiga kuchib kelgan. Shu va shunga o'xshash dalillar, anikrogi Termiziylar sulolasi, vakillari, keyingi avlodlari haqida qo'shimcha ma'lumotlarni xech kaysi manbalarda uchratmadik. Bu borada fakat taxminlar va farazlar mavjud, yana bir sababi, Imom at-Termiziy o'zi va avlodlari haqida kengrok bir manba yozib koldirmagan, shuningdek, biz tahlil va taxsil kilgan barcha manbalarda aynan shu fikrlar keltiriladi. Ming yillar utdi, lekin xadislardan, ularning mazmunidan foydalanish ishlari hozir xam davom etmokda, nafaqat davom etmokda, balki rivojlantirilmokda, muxaddis ulamolarning hayoti va faoliyati urganilmokda. Imom at-Termiziy xadislarni yigishda ilm axliga karata shunday deganlar: «Ilmga berilgan kishilar kanchalik ko'p o'qishsa, shunchalik kam bilishini his etadilar, ilmsiz kishilar esa uzlarini dono sanashadi. Lekin uzlarini kaysi ilmda dono sanashlarini xattoki ta'riflab bera olmaydilar». Bu fikrda chuqur mano yashiringanligi suzsizdir, Paygambari islom bir xadislarida: «Albatta, ilmning kutarilib ketishi va ilmsizning urnashib, sobit bo'lib qolishi, ichkilik va zinoning oshkora bo'lishi kiyomatning alomatlaridandir», - deganlar. Islom dinining asosiy manbalari bo'lib hisoblanmish Qur'oni Karim va Xadisi shariflarda ilmning, anikrogi, ilm axlining namoyon bo'lishi sifatlari to'g'risida aniq ta'riflar mavjud. Ular, xususan, olim kishi quyidagi sifatlari va xususiyatlari bilan ajralib turishi kerak, bularga: salomlashish va ko'rishish odobi, takvo, raiyatga (kul ostidagilarga), oila a'zolariga va kishilarga bo'lgan muomalasi, majlisda utirish odobi, ovqatlanish, uzr surash, o'zini tutish, safarda yurish odoblari va x.k. kiradi. Eng kizikarli tomonlaridan biri ilm izlash odobidir. Imom at-Termiziyning bu masalada quyidagi xadislarini keltirish mumkin: Rasulullox aytdilar: «Kimki ilm axtarib uyidan chiksa, u uyiga kaytib kelgunga qadar Allox yo'lida yurgan hisoblanadi». Imom Termiziy Allox rasulining shamoyillarini yozib koldirgan jahonda yagona muxaddis bo'lib hisoblanadi. Ungacha va undan keyin xam xech kim ushbu ishni amalga oshira olmadi. Paygambari islomning fazilatlarini biror shaxs bu qadar aniklik bilan yorita olmadi. o'z navbatida bu asar («Ash-shamoil an-nabaviya») kancha olimu fozillarning ilm qilishlariga, izlanishlariga, paygambarimizning hayotlari to'g'risidagi ma'lumotlarni bilishga asos buldi. Ulamolarning: «Imom Termiziy xadis ilmida iktido(ergashadigan) kilinadigan imomlardan biridir» degan fikri bor. Lekin, fikrimizcha, Imom at-Termiziy xadis ilmining davomchisi emas, balki ularni rivojlantirib, uzgacha yo'nalish tashkil etib, xadis ilmiga yangi talqin bergan (muxaddis imomlarni muxokama etishdan yoki ularga xurmatsizlik qilishdan yirokmiz, balki ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.94 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.94 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:12 ]
Arxiv ichida: docx