Jahon adabiyoti durdonalari. Jek London. Hayotga muhabbat hikoyasi. Dars rejasi: Jek londonnig hayoti va ijodi haqida ma'lumot. Hikoyada insondagi hayotga bo'lgan muhabbatning o'lim ustidan g'alabasining tasvirlanishi. Do'stlikka xiyonat qilguvchining ayanchli qismati. Tayanch so'z va iboralar: Adib haqida ma'lumot, hikoyalari, Hayotga muhabbat hikoyasi, asar qahramonlari, hayotni sevish, har kunni g'animat bilish, do'stga sadoqatli bo'lish. Hikoyada insondagi hayotga bo'lgan muhabbatning o'lim ustidan g'alabasi. Do'stlikka xiyonat qiluvchining ayanchli qismati. Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili, asarlarida xalq ommasining o'z huquqlari uchun kurashini aks ettirgan atoqli yozuvchi Jek London 1876-yilda Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida fermer oilsida tug'ildi. U yoshligidanoq hayotning bor mashaqqatlarini boshidan kechirdi. Iqtisodiy ahvoli sabab universitetni tashlagan. Yozuvchining adabiy faoliyati 1898-yilda boshlangan U o'z umrida 150 dan ortiq hikoya yozgan bo'lib, hikoyalarida asosan mamlakat shimoli va Okeaniya orollaridagi hayotni zo'r badiiy mahorat bilan tasvirlagan. Bu hikoyalari unga katta shuhrat keltirdi. Oq sukunat, Qirq mil narida, Otalar xudosi, Sovuq bolalari kabi hikoyalarining qahramonlari har xil toifadagi, har xil fe'l-atvorli kishilar. Ular erkka intiladilar, o'z burch va majburiyatlarini har sharoitlarda sinab ko'radilar, hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Jek Londonning qahramonlari har qanday holatda ham Odamlikka xiyonat qilmaydilar. U 1903-yilda Angliyaga qilgan sayohatidan keyin Tubanlik kishilari degan ocherklar to'plamini nashr ettirdi. Bu kitobda yozuvchi londonlik kishilarning qashshoq hayotini tasvirlaydi. Yozuvchi Temir tovon (1907) romanida, eng yaxshi romanlaridan yana biri Martin Idenda (1909) burjua jamiyatini qattiq tanqid ostiga oladi. Jek London o'zining hikoyalarida tabiatning asov kuchlariga qarshi mardona kurashuvchi kishilar hayotini zo'r badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. Uning Hayotga muhabbat hikoyasi fikrimizga yorqin misol boladi. Bu hikoyada hayotga bo'lgan muhabbatning o'lim ustidan g'alabasi tasvirlangan. Hayotga muhabbat (Qissadan parcha) Ular oqsoqlanib soyga tomon tushib borardilar. Hamrohlardan biri, oldinda borayotgani toshloq yerda qoqilib gandiraklab ketdi. lkkalasi ham charchab holdan toygan va tishini-tishlariga qo'yib taqdirga tan berganlikiari yuzlaridan ko'rinib turardi - bu uzoq vaqt chekkan qiyincililikiari oqibati edi. Orqalaridagi qayish bilan tortib bog'langan og'ir yuklari yelkalarini ezardi. lkkalasida ham bittadan miltiq. Ikkalasi ham bukchayib ko'zlarini yerdan uzmay borardilar. - Qani endi yashirib qo'ygan joyimizdagi o'qlardan hozir ikkitaginasi bo'lsa, deb qo'ydi ulardan biri. Azbaroyi madorsizlikdan ovozi zaif chiqdi. U juda behafsalalik bilan gapirardi. Toshlarga urilib, ko'piklanib oqayotgan sutdek oppoq suvga endi oyoq bosgan sherigi esa unga hech narsa deb javob bermadi. lkkinchisi ham sherigi orqasidan suvga tushdi. Suv muzdek sovuq bolishiga qaramay ular oyoq kiyimlarini yechmadilar. Suv shu qadar sovuq ediki, oyoqlari barmoqlarigacha uvishib qoldi. Ba'zi joylarda suv tizzadan kelardi. Shunda suv shitob bilan urganda, ular o'zlarini tutolmay, gandiraklab ketardilar. Orqada kelayotgan yo'lovchi silliq ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.85 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.85 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:13 ]
Arxiv ichida: doc